🌐“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti Dilshodbek Yo‘ldoshev Estoniyaning IIENSTITU xalqaro ta‘lim platformasida taqdim etilgan “Demography Essentials: Population Change, Aging & Migration Dynamics” nomli o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomladi.

🌐“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti Dilshodbek Yo‘ldoshev Estoniyaning IIENSTITU xalqaro ta‘lim platformasida taqdim etilgan “Demography Essentials: Population Change, Aging & Migration Dynamics” nomli o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomladi.
Mazkur kurs zamonaviy demografik jarayonlarni kompleks tahlil qilishga qaratilgan bo‘lib, unda aholi sonining o‘zgarishi, demografik qarish jarayonlari, migratsiya dinamikasi, tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlari, aholining yosh-jins tarkibi hamda ushbu jarayonlarning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari keng yoritildi.
✏️O‘quv kursi davomida quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar mustahkamlandi:
✔️Foundations of Demographic Analysis — demografik tahlil asoslari, aholi statistikasi, ma‘lumot manbalari va asosiy demografik indikatorlar;
✔️Fertility and Mortality Analysis — tug‘ilish va o‘lim jarayonlari, aholining tabiiy harakati hamda demografik o‘tish modeli;
✔️Population Structure and Aging — aholining yosh-jins tarkibi, demografik qarish jarayonlari va ularning jamiyat hayotiga ta‘siri;
✔️Migration Dynamics and Measurement — migratsiya jarayonlari, ularni o‘lchash usullari, migratsiyaga ta‘sir etuvchi omillar hamda ijtimoiy oqibatlar;
✔️Applications in Demography — demografik prognozlash, aholi tarkibidagi o‘zgarishlarni baholash va ilmiy tadqiqotlarda qo‘llash.
🌎Kurs davomida egallangan bilimlar oila, gender, nikoh, ajrim, migratsiya, tug‘ilish va aholining yosh tarkibi bilan bog‘liq demografik jarayonlarni chuqur ilmiy tahlil qilishda muhim nazariy va amaliy jihatlari o'rganildi.
💡Xalqaro ta‘lim dasturlarida ishtirok etish yosh tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini oshirish, zamonaviy tadqiqot yondashuvlarini o‘zlashtirish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyati sifatini yana-da takomillashtirishga xizmat qiladi.
Рус
Eng



