🌎 O‘zbekiston va Xitoy: Xotin-qizlar huquqlari, tadbirkorlik va hududiy rivojlanishda yangi strategik hamkorlik

06:58 - 25 May Yangiliklar
29
🌎 O‘zbekiston va Xitoy: Xotin-qizlar huquqlari, tadbirkorlik va hududiy rivojlanishda yangi strategik hamkorlik 📌 2026-yil 23-may kuni Sian shahridagi nufuzli “Hylands Law Firm” ofisida huquqiy hamkorlik, xotin-qizlar va bolalarni himoya qilish hamda xalqaro tijorat nizolarini muqobil hal etish mavz
ness image

🌎 O‘zbekiston va Xitoy: Xotin-qizlar huquqlari, tadbirkorlik va hududiy rivojlanishda yangi strategik hamkorlik

📌 2026-yil 23-may kuni Sian shahridagi nufuzli “Hylands Law Firm” ofisida huquqiy hamkorlik, xotin-qizlar va bolalarni himoya qilish hamda xalqaro tijorat nizolarini muqobil hal etish mavzularida strategik uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📈 Tadbirga Shensi provinsiyasi ayol-huquqshunoslar assotsiatsiyasi, yuridik firma vakillari, xitoylik kompaniyalar rahbarlari, shuningdek Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi. Dasturni Shensi provinsiyasi ayol-huquqshunoslar assotsiatsiyasi raisi, “Hylands Law Firm”ning Sian ofisi direktori Lyu Sze boshqardi. O‘zbekistondan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti direktori Nodira Egamberdiyeva rasmiy qutlov so‘zi bilan chiqish qildi.

💬 Uchrashuv davomida O‘zbekiston hududlari bilan Xitoy korporatsiyalari o‘rtasida B2B va G2B formatlarida bevosita hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston uchun amaliy natijalar chekka qishloq qizlariga mo‘ljallangan 1,5 million yuanlik ijtimoiy grant; maktablardagi bullingga qarshi profilaktik dastur; chet el fuqarolari bilan nikohda bo‘lgan yoki mehnat migratsiyasidagi xotin-qizlarning huquqiy himoyasini ta‘minlovchi onlayn platforma; mahalliy konlarni chuqur qayta ishlash orqali yuqori maoshli ish o‘rinlarini yaratish va eskirgan uskunalarni energiya tejamkor texnologiyalar bilan almashtirish; tadbirkorlarni xalqaro savdo nizolaridan CIETAC arbitraji va mediatsiya mexanizmlari orqali himoya qilish muhokama qilindi.

✏️ Muloqot yakunida O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti hamda “Hylands Law Firm”ning Sian ofisi o‘rtasida do‘stona hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum ikki tomonlama huquqiy hamkorlikni mustahkamlash, xotin-qizlar va bolalarni himoya qilish sohasida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish hamda O‘zbekiston hududlari uchun amaliy ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Chop etish