Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o‘z ota-onasini bilish, ular bilan birga yashash va ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish huquqiga ega, uning manfaatlariga zid bo‘lgan hollar bundan mustasno. Bolaning ota-onasi bo‘lmaganda, ular ota-onalik huquqidan mahrum qilingand

05:16 - 1 Iyun Yangiliklar
30
#hamma_bilishi_shart Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o‘z ota-onasini bilish, ular bilan birga yashash va ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish huquqiga ega, uning manfaatlariga zid bo‘lgan hollar bundan mustasno. Bolaning ota-onasi bo‘lmaganda, ular ota-onalik huquqidan mahrum qilingand
ness image

#hamma_bilishi_shart

Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o‘z ota-onasini bilish, ular bilan birga yashash va ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish huquqiga ega, uning manfaatlariga zid bo‘lgan hollar bundan mustasno.

Bolaning ota-onasi bo‘lmaganda, ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda hamda bola ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan boshqa hollarda uning oilada yashash hamda tarbiyalanish huquqi vasiylik va homiylik organi tomonidan ta‘minlanadi.

Bola otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari, opa-singillari va boshqa qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqiga ega. Ota-onasining nikohdan ajralishi, nikohning haqiqiy emas deb topilishi yoki ota va onaning boshqa-boshqa yashashi bolaning huquqlariga ta‘sir qilmaydi.

Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, 13-modda

Chop etish