AZIZ YURTDOSHLAR!

AZIZ YURTDOSHLAR!
🌙 Mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglik timsoli bo‘lgan ulug‘ ayyom — Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!
✨Ushbu qutlug‘ kun inson qalbiga ezgulik, mehr va shukronalik tuyg‘ularini olib kiradi. Asrlar davomida milliy va diniy qadriyatlarimizni mustahkamlab kelayotgan muborak Hayit ayyomi xalqimizni hamjihatlik, insonparvarlik va o‘zaro hurmat ruhida birlashtirib kelmoqda.
💫 Yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, xonadonlarimizda fayz-u baraka, qalblarimizda mehr va oqibat bardavom bo‘lsin. Har bir oilaga quvonch, sihat-salomatlik va baxt olib kiruvchi ushbu ayyom qutlug' kelsin.
🧐"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi Sizlarni Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklaydi! Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, dasturxonlarimiz to‘kin bo‘lsin! Hayit ayyomingiz muborak!
Рус
Eng



