Tatbiq etish niyati haqida eshitganmisiz?

04:28 - 26 May Yangiliklar
29
#Bu_qiziq Tatbiq etish niyati haqida eshitganmisiz? 🗓2001-yilda britaniyalik tadqiqotchilar ikki hafta ichida jismoniy mashg‘ulotlarga qatnash odatini yaxshilash ustida ish boshlashadi. Tadqiqotga 248 nafar ko‘ngilli qamrab olinadi. Ularni uch guruhga ajratishadi. ✔️Birinchi guruh nazorat guruhi bo‘
ness image

#Bu_qiziq

Tatbiq etish niyati haqida eshitganmisiz?

🗓2001-yilda britaniyalik tadqiqotchilar ikki hafta ichida jismoniy mashg‘ulotlarga qatnash odatini yaxshilash ustida ish boshlashadi. Tadqiqotga 248 nafar ko‘ngilli qamrab olinadi. Ularni uch guruhga ajratishadi.

✔️Birinchi guruh nazorat guruhi bo‘lib, ular shunchaki necha marta sport mashg‘ulotlariga qatnaganlarini yozib borishi kerak edi.

✔️Ikkinchi guruhdan “Motivatsiya” guruhi tashkil etiladi. Ular nafaqat bajargan sport mashqlarini yozib borishi, balki jismoniy mashqlarning organizm uchun foydasi haqida kitoblar va maqolalar o‘qishi kerak edi.

Bundan tashqari, tadqiqotchilar ularga jismoniy mashqlar yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishi va salomatlikni mustahkamlashini tushuntirib berishadi.

✔️Tadqiqotning qolgan ishtirokchilari uchinchi guruhga jamlanadi. Ularni ikkinchi guruh bilan tenglashtirish uchun tadqiqotchilar ularga ham tushuntirish ishlari olib borishadi. Biroq uchinchi guruhdan qo‘shimcha ravishda kelgusi hafta qayerda va qachon sport bilan shug‘ullanish rejasini tuzish ham so‘raladi. Aniqroq qilib aytganda, uchinchi guruh a‘zolari quyidagi jumlani to‘ldirishlari zarur edi: “Kelasi hafta men [Kun]...lari, soat[VAQT]da, [JOY]da kamida 20 daqiqalik intensiv mashqlarda qatnashaman”.

⚡️Tadqiqot davomida birinchi va ikkinchi guruhdagi ishtirokchilarning faqat 35 va 38 foizigina haftasiga hech bo‘lmasa bir marta sport mashg‘ulotlarida qatnashgan. Qiziq tomoni shundaki, ikkinchi guruhni ruhlantirish maqsadida qilingan ma‘ruzaular aytarli ta‘sir qilmagan. Uchinchi guruhdagilarning esa 91 foizi mashg‘ulotlarda qatnashgan. Bu qolgan guruhlarga nisbatan ikki martadan ham ko‘proqdir. Ishtirokchilar to‘ldirgan jumlani tadqiqotchilar “tatbiq etish niyati” deb atashadi. U qayerda va qachon harakat qilish bo‘yicha oldindan tuzilgan rejani anglatadi.

Chop etish