O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2026-yil 6-fevraldagi qaroriga ilova qilingan “2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2026-yilda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi”ning 15-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta‘minlash maqsadida o‘quv kurslari tashkil etildi.

💡Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari respublika va mahalliy hokimiyat organlarining yuridik xizmatlari xodimlari uchun normativ-huquqiy hujjatlarni gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish masalalariga bag‘ishlandi.
✍️O‘quv kurslari "Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti hamda Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi. "Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i Xurshida Saydivaliyeva tomonidan Surxondaryo viloyati mahalliy hokimiyat organlarining yuristlari uchun: "Gender tengligining huquqiy asoslari" va "Gender huquqiy ekspertizasini o'tkazish tartibi" mavzularida dars mashg‘ulotlari olib borildi.
⚠️Ushbu mashg‘ulotlar davlat organlari faoliyatida gender yondashuvni mustahkamlash, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish jarayonida gender tenglik tamoyillarini inobatga olish hamda yuridik xizmat xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Рус
Eng