Qonunchilikdagi yangiliklar: Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-maydagi 257-son qarori

01:04 - 22 May Yangiliklar
26

"Oila va xotin-qizlar maskanlari” faoliyati KPI asosida baholanadi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-maydagi 257-son qaroriga ko‘ra, “Oila va xotin-qizlar maskanlari” faoliyatini baholashning KPI tizimi joriy etildi. Mazkur tizim 4 ta asosiy yo‘nalish va 18 ta ko‘rsatki

ness image

“Oila va xotin-qizlar maskanlari” faoliyati KPI asosida baholanadi

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-maydagi 257-son qaroriga ko‘ra, “Oila va xotin-qizlar maskanlari” faoliyatini baholashning KPI tizimi joriy etildi. Mazkur tizim 4 ta asosiy yo‘nalish va 18 ta ko‘rsatkich bo‘yicha amalga oshiriladi:

1️⃣QAMROV KO‘RSATKICHLARI

✔️Nikohlanuvchi yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash;

✔️Yosh oilalarni o‘quv va maslahat dasturlariga jalb qilish;

✔️Nizoli oilalar bilan individual ishlash;

✔️Himoya orderi olgan xotin-qizlarni reabilitatsiya dasturlariga jalb qilish;

✔️Migratsiyadan qaytgan ayollarni ijtimoiy moslashtirish.

2️⃣ SIFAT KO‘RSATKICHLARI

✔️Aholining maskan xizmatlaridan qoniqish darajasi;

✔️Mutaxassislarning malaka darajasi;

✔️Metodik va tarqatma materiallar bilan ta‘minlanganlik;

✔️Individual ishlarda ijobiy natija qayd etilgan holatlar ulushi.

3️⃣ NATIJA KO‘RSATKICHLARI

✔️Hududda ajrimlar sonining kamayishi;

✔️Takroriy murojaatlar sonining qisqarishi;

✔️Erta nikoh holatlarining kamayishi;

✔️Oilaviy zo‘ravonlik holatlarining kamayishi;

✔️Kasb-hunarga o‘qitilib ishga joylashtirilgan xotin-qizlar ulushi.

4️⃣ BOSHQARUV VA SAMARADORLIK KO‘RSATKICHLARI

✔️O‘quv va maslahat dasturlarining muntazam tashkil etilishi;

✔️Tashkilotlararo hamkorlik samaradorligi;

✔️Axborot-targ‘ibot ishlari natijadorligi;

✔️Maskan faoliyatining umumiy reyting ko‘rsatkichi.

📌 Mazkur KPI tizimi orqali endilikda maskanlar faoliyati faqat hisobot bilan emas, balki oilalarni mustahkamlash, ajrim va zo‘ravonlik holatlarini kamaytirish hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha real natijalar asosida baholanadi.

Chop etish