Dunyo mamlakatlarida oilaviy qadriyatlar
Dunyo mamlakatlarida oilaviy qadriyatlar 🇹🇷Turkiyada oila institutini mustahkamlash va jamiyatda sog‘lom muhit yaratishga qaratilgan ijtimoiy siyosat amalga oshiriladi. Shuningdek, mamlakatda ayollar va bolalarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar oilaviy munosabatlar

Dunyo mamlakatlarida oilaviy qadriyatlar
🇹🇷Turkiyada oila institutini mustahkamlash va jamiyatda sog‘lom muhit yaratishga qaratilgan ijtimoiy siyosat amalga oshiriladi. Shuningdek, mamlakatda ayollar va bolalarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar oilaviy munosabatlarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.
🇷🇺Rossiyada 2024-yil “Oila yili” deb e‘lon qilindi hamda bu yil davomida oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy himoya va oilaviy ta‘limni kuchaytirish kabi oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ko‘plab tadbirlar amalga oshirildi. Oilaviy muammolarni hal qilish va munosabatlarni yaxshilash maqsadida psixologik yordam va maslahat xizmatlari tashkil qilingan. Bu markazlar oila a‘zolariga psixologik qo‘llab-quvvatlash va maslahatlar beradi.
🇸🇪Shvetsiyada oilalar kuchli ijtimoiy himoyalanganligi, shaxsiy erkinlik va huquqlarning yuqori darajasi oilaviy munosabatlarga ta‘sirko‘rsatishi, oilalarda inklyuzivlik va tenglik faol ravishda targ‘ib qilinishi bilan ajralib turadi. Oilada jamiyat va atrof-muhit muammolarini qamrab oluvchi kuchli ijtimoiy mas‘uliyat hissi mavjud. Shvetsiyalik oilalar, odatda, atrof-muhitning insonga ta‘sirini yaxshi bilishadi va shu sababli oilada energiyani tejash va ekologik toza mahsulotlarni tanlashga harakat qilinadi.
Рус
Eng



