Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutida “Sotsiologik tadqiqotlarni tashkil etish va umumlashtirish” mavzusida o‘quv seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi

Sotsiologiya fanini empirik sotsiologik tadqiqot jarayonisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Empirik sotsiologik tadqiqot – yagona dastur va uslubiyot bilan amaliy asosda ijtimoiy hayot hodisa va jarayonlari to‘g‘risidadir.
Institutining doktorant va tayanch doktorantlari uchun “Oila psixologiyasi va sotsiologiyasi” bo‘limi ilmiy xodimi, sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Abdulaziz To‘rayev tomonidan institut tadqiqotchilariga “Sotsiologik tadqiqotlarni tashkil etish va umumlashtirish” mavzusidagi o‘quv seminarida quyidagi nazariy va amaliy ko‘nikmalar berildi, jumladan:
- Sotisologik tadqiqotlar dasturini tuzish bosqichlari.
- Tadqiqot o‘tkazish usullari.
- Sotsiologik tadqiqotlarni tahlil qilish va umumlashtirish.
Empirik ma‘lumotlarni tahlil qilish umumlashtirish, zarur amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Empirik sotsiologik tadqiqotda ijtimoiy faktlarni izlash, tasnif qilish va ularni to‘plash muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy fakt deganda, ilmiy asoslangan, muayyan vaqt davomida real ijtimoiy voqelikning alohida jihatlarini tasnif qilish orqali olingan ma‘lumotlarga aytiladi. Har qanday tadqiqot biron-bir muammning qo‘yilishidan boshlanadi.
Sotsiologik tadqiqot maqsadi va vazifasi turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, muayyan ishlab chiqarish korxonasida mehnat unumdorligini ko‘tarish muammosini sotsiologik tadqiq qilish zarur bo‘lsa:
Birinchidan, asosiy maqsad – mehnat unumdorligi pastligining asosiy sabablarini aniqlash.
Ikkinchidan, mavjud yashirin iqtisodiy imkoniyatlarni izlash.
Uchinchidan esa mavjud shart-sharoitni o‘zgartirish.
Tadqiqotning asosiy vazifasi esa belgilab olingan maqsadning mazmuni, uslubiy va tashkiliy jihatidan yana-da oydinlashtirib olishdan iborat bo‘ladi.
Sotsiologik tadqiqot quyidagilarni ishlab chiqishdan tashkil topadi, jumladan:
- empirik ma‘lumotlarni nazariy jihatdan umumlashtirish;
- muayyan xulosalar ishlab chiqish;
- amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
O‘quv seminar yakunida mavzuga oid savollarga batafsil javoblar berildi.