Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida mahalla xotin-qizlar faollari uchun malaka oshirish kurslarining ochilish marosimi tashkil etildi

04:38 - 17 Avgust Yangiliklar
273

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-401-son qarori 3-ilovasi 67-bandida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi xodimlari, jumladan, mahalladagi xotin-qizlar faollarining alohida dastur asosida malakasini oshirib borish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatining 2024-yil uchun eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) tasdiqlash to‘g‘risida”gi VM-178-son qarori 1-ilovasi III 8-bandida mahalladagi xotin-qizlar faollarining malakasini oshirish vazifalari “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti zimmasiga yuklatilgan. Shu munosabat bilan Institut tomonidan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi xodimlari, mahalladagi xotin-qizlar faollari uchun malaka oshirish o‘quv dasturlari ishlab chiqildi. 

Mazkur dastur asosida joriy yilning 15-avgust kuni Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida mahalla xotin-qizlar faollari uchun malaka oshirish kurslarining ochilish marosimi tashkil etildi. Kirish qismida Toshkent viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Mirgaziyeva Zuxra To‘rayevna va Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i Norqulov Xusniddin Do‘stbekovich so‘zga chiqib, o‘quv kursining dolzarbligi va bugungi kundagi ahamiyatini atroflicha yoritib, zaruriy taklif va tavsiyalar berishdi.

ness image

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti bo‘limi boshlig‘i, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori – Xonturayev Bobur Azimovich tomonidan Mahalla xotin-qizlar faollari va boshqa mutasaddilarning “Kasbiy ko‘nikmalar va kreativlik masalalari” mavzusi bo‘yicha ma‘ruzalar o‘qildi. Mashg‘ulotda mahalla xotin-qizlar faolining kasbiy faoliyatiga bugungi kunda qo‘yiladigan zamonaviy talablar va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish omillari hamda ularning kreativlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berib o‘tildi.

"Oila va gender" lmiy-tadqiqot instituti bo‘limm boshlig‘i Norqulov Xusniddin Do‘stbekovich "Oilalarda ma‘naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va mustahkamlash masalalari" mavzusida mashg‘ulot olib bordi. Mashg‘ulot davomida xotin-qizlar faollariga O‘zbekistonda oila institutini amalda mustahkamlash masalalari, "Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat" g‘oyasini hayotga tatbiq etishga yo‘naltirilgan davlat siyosatining olib borilishi, oilalarda ma‘naviy-axloqiy muhitni ta‘minlashning huquqiy-me‘yoriy asoslari, oilaviy munosabatlarda ma‘naviy-axloqiy muvozanatning o‘ziga xos xususiyatlari qanday bo‘lishi haqidagi mavzularda ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Mashg‘ulot bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi.

Mahalla xotin-qizlar faollarining malaka oshirish kursida “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim Saydivaliyeva Xurshida Xodjiakbarovna “Ayollar jinoyatchiligi va uning profilaktikasi” mavzusida ma‘ruza qildi. Mashg‘ulotda O‘zbekistonda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga keltirish hamda ularga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish chora-tadbirlarini amalga oshirish va jazoni ijro ijro etish muassasasidan qaytgan ayollarning oilaviy hayotga qaytishiga yordamlashish xususida psixologiya xizmatlarini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar yuzasidan nazariy va amaliy bilimlar berib borildi. Shuningdek, jinoyatchi ayollarni hayotga moslashtirish borasidagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berib borildi.

👉 Fotolavha

Chop etish