Mahalla xotin-qizlar faollari uchun malaka oshirish kurslari

09:15 - 15 Oktabr Yangiliklar
177

Xabaringiz bor, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan mahalla xotin-qizlar faollari uchun malaka oshirish kurslari amalga oshirib kelinmoqda. Joriy yilning may–sentyabr oylarida 10 ta hududda jami 2 ming nafarga yaqin mahalla xotin-qizlar faollari ushbu dasturlar doirasida o‘qitildi. Ushbu malaka oshirish kurslari 36 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, ular 1 hafta davomida oila va xotin-qizlar masalasiga oid ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy-psixologik va huquqiy masalalariga oid mavzular asosida shakllantirildi.

ness image


Navbatdagi malaka oshirish kurslari joriy yilning14–21-oktyabr kunlari Toshkent shahri (Yunusobod, Olmazor, Shayxontohur, Chilonzor va Uchtepa tumanlari)da markazlashgan holda, jami 250 nafardan ortiq mahalla xotin-qizlar faollari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etib kelinmoqda.

Shuningdek, kurslar davomida Toshkent shahrining shahar va mahalla xotin-qizlar faollariga Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan nashr qilingan 7 nomdagi jami 3 500 dan ziyod o‘quv qo‘llanma, uslubiy-metodik tavsiyalar, buklet va flayerlar taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.

👉 Fotolavha

Chop etish