#Oila va gender ilmiy tadqiqot institutida himoyalar

06:24 - 31 Oktabr Yangiliklar
138
ness image

Oila va gender ilmiy tadqiqot instituti ilmiy kengashida “Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi” ixtisosligi bo‘yicha Umida Yo‘ldoshevaning “Mahallalarda ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish dinamikasi va istiqbollari” mavzusidagi sosiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi o‘tkazildi. O‘zbekiston mahallalarida ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollarini sotsiologik tadqiq etishning dolzarbligi mahalla institutsional tuzilmasini takomillashtirishga davlat e‘tiborining kuchayishi, ijtimoiy muammolarni aniqlash va hal etishning amalga oshirilayotgan mexanizmlari, jumladan, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mahalla an‘anaviy ijtimoiy birlik sifatida mavjud ijtimoiy tarmoqlar, o‘zaro yordamning an‘anaviy shakllari va inson kapitali tufayli ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun salmoqli salohiyatga ega ekanligi kabi kompleks omillar bilan belgilanadi. Bu omillar joylarda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishning samarali mexanizmi sifatida ijtimoiy tadbirkorlik sohasidagi tashabbuslar uchun qulay shart-sharoit yaratish, aholi turmush sifatini oshirish va ijtimoiy taraqqiyot uchun barqaror muhit yaratishga xizmat qiladi.

Chop etish