Keksalar uchun foydali loyiha

02:37 - 30 Oktabr Yangiliklar
109

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirish, keksa avlodning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlarini o‘rganish, tizimli tahlil qilish va muammolarni hal etish masalalari doirasida amaliy va fundamental loyihalarni amaliyotga tatbiq etish vazifasi belgilangan. Mazkur topshiriqni amalga oshirish maqsadida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Keksalarda jismoniy madaniyatni oshirish, to‘g‘ri ovqatlanishning asosiy tamoyillari orqali oilada sog‘lom muhit yaratish” mavzusidagi loyihaga start berildi. Loyihaning maqsadi yoshi katta aholi orasida ko‘ngillilar (volontyorlik) harakatini yo‘lga qo‘yish orqali sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishdan iborat. Bu orqali hududlarda jami 120 nafar ko‘ngillidan iborat jamoani tashkil etish hamda ularning faoliyati davomiyligini ta‘minlash nazarda tutilgan. Loyihani amalga oshirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy tumani, Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahri, Toshkent shahrining Mirobod va Shayxontohur tumanlaridagi 6 ta mahalla tanlab olindi. Loyiha doirasida dastlab ko‘ngillilarni o‘qitish, kerakli malakalarni shakllantirishga qaratilgan 2 kunlik treninglar rejalashtirilgan.

ness image

Loyihaning dastlabki manzili sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy tumanidagi “Obod makon” va “Berdax” mahallalari tanlab olinib, mashg‘ulotlarni 29–30-oktabr kunlari o‘tkazish maqsad qilindi. Unga salomatligini yaxshilashga, jismoniy madaniyatini oshirishga qiziqishi bor, liderlik qobiliyatiga ega, notiqlik mahorati shakllangan 60 yoshdan 75 yoshgacha bo‘lgan erkaklar va 55 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan ayollar jalb etildi. Loyiha a‘zolari o‘qitilgan ko‘ngillilarni 40 kun davomida to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga rioya qilishlari, jismoniy mashqlarni o‘z vaqtida bajarishlari hamda shu kabi bir qancha mezonlarni e‘tiborga olgan holda kuzatib borishlari reja qilib olingan. 

Hozirda loyiha ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

Chop etish