Ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Globallashuv davrida keksalarning ijtimoiy faolligi: muammo va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.
Anjumanning maqsadi – keksalar, ularning ijtimoiy faolligi, ularning foydalanilmagan salohiyatidan samarali foydalanish, ularni huquqiy, ijtimoiy, tibbiy, psixologik qo‘llab-quvvatlash, keksalar yoshi bilan bog‘liq jahonda va O‘zbekistonda kuzatilayotgan ijtimoiy-demografik tendensiyalar borasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishdan iborat. Anjuman davomida bu borada faoliyat olib borayotgan amaliyotchi mutaxassis hamda ekspertlarning fikr-mulohazalari o‘rganildi. Keksalar, avlodlararo munosabatlar, demografiya va sotsiogerontogik yo‘nalishlarda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijalari tanishtirildi.