"G‘anchi Chandir" mahallasida "Sharq Yulduzi" Madaniyat markazi binosi ochildi
Madaniyat — jamiyatning mahsuli, ijtimoiy hayotning keng jabhalaridan biridir. Madaniyatsiz jamiyat bo‘lmaganidek, madaniyat ham jamiyatdan tashqarida mavjud bo‘lmaydi. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 22-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida har bir tumanda konsert-tomosha zallari, kutubxona, kinozal, turli to‘garaklar xonalari shay qilingan bo‘lishi lozimligi alohida taʼkidlangan.
Olot tumani "G‘anchi Chandir" mahallasi hududida joylagan 25-son "Sharq Yulduzi" madaniyat markazi namunali madaniyat markazi sifatida qayta tashkil etildi. Buning uchun tuman hokimining tegishli farmoyishiga ko‘ra mahalliy byudjetdan zarur mablag‘ ajratildi. Birinchi navbatda tumanda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida markazda zamonaviy kinozal tashkil qilindi.
Bundan tashqari, markazda kutubxona, turli to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Markazning ochilish marosimida
viloyat hokimining o‘rinbosari Botirjon Shahriyorov, tuman hokimi Nargiza Neʼmatova, Respublika ishchi guruhi vakili Xusniddin Norqulovlar so‘zga chiqib, hudud ahlini markaz va undagi qulayliklar bilan Mehmonlar madaniyat markazi faoliyati, undagi shart-sharoit bilan yaqindan tanishdilar.
Markaz kinozalida mehmonlar uchun film namoyishi bo‘lib o‘tdi.