YOZGI MAKTAB-2024

09:35 - 6 Avgust Yangiliklar
229

 

“O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun demografik ma‘lumotlardan foydalanish” mavzusidagi sayyor YOZGI MAKTAB-2024 o‘z ishini boshlaganini ma‘lum qilamiz. Kirish qismini “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqiot instituti direktori Nodira Egamberdiyeva va BMT Aholishunoslik jamg‘armasining (UNFPA) O‘zbekistondagi vakili Nigina Abaszada ochib berishdi va Yozgi maktab ishiga muvoffaqiyat tilashdi.

ness image

Yozgi maktabning birinchi kuni baxs-munozaralarga boy bo‘lmoqda. Demografiya bo‘yicha mutahasislar, professor olimlar demografik ko‘rsatkichlaridan vazirliklar va idoralar faoliyatida foydalanish borasida foydali ma‘lumotlar va takliflar berib o‘tilmoqda. 

Kun davomida ekspertlar Durbek Ahmedov, Botir Alimuxamedov, Sobir Xaytmuratov, Xamid Abduramanov va Bobur Xonto‘rayevlar tomonidan:

Demografiya milliy portalining taqdimoti;

O‘zbekistonning demografik rivojlanish tendensiyalari;

O‘zbekistonning 2050-yilgacha mo‘ljallangan demografik prognoz parametrlari;

O‘zbekistonda demografik dividend olish imkoniyatlari kabi mavzularda maruzalar olib borilmoqda.

👉 Fotolavha

Chop etish