“Oilalarda ma‘naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va mustahkamlash masalalari” mavzusida mashg‘ulot

07:16 - 2 Avgust Yangiliklar
218
ness image

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti bo‘limi boshlig‘i Norqulov Xusniddin Do‘stbekovich “Oilalarda ma‘naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va mustahkamlash masalalari” mavzusida mashg‘ulot olib bordi. Mashg‘ulot davomida xotin-qizlar faollariga O‘zbekistonda oila institutini amalda mustahkamlash masalalari, “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” g‘oyasini hayotga tatbiq etishga yo‘naltirilgan davlat siyosatining olib borilishi, oilalarda ma‘naviy-axloqiy muhitni ta‘minlashning huquqiy-me‘yoriy asoslari, oilaviy munosabatlarda ma‘naviy-axloqiy muvozanatning o‘ziga xos xususiyatlari qanday bo‘lishi haqidagi mavzularda ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Mashg‘ulot bahs-munozaralarga boy tarzda olib borildi.

Chop etish