Samarqand viloyatining samarqand shahrida malaka oshirish kurslari davom etmoqda

07:11 - 2 Avgust Yangiliklar
267
ness image

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Jabborov Ulug‘bek tomonidan “Ta‘lim, ilm-fan, innovatsiya va boshqa sohalarda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari” mavzusida mashg‘ulot olib borildi. Unda hozirgi kunda xotin-qizlarning yurtimizda tutgan o‘rni hamda jamiyat hayotida nufuzini har tomonlama oshirish, ularning mavqeyini yuksaltirish borasida olib borilayotgan samarali ishlar, xotin-qizlarning ta‘lim olishlaridagi mavjud tafovutlar, jamiyatda saqlanib qolgan stereotiplar tufayli xotin-qizlar faqat maishiy hayotda asqatishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy kasblarni egallashga intilishilari borasidagi taklif-mulohazalar berib o‘tildi. Shuningdek, dotsent tomonidan 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 69-maqsadida “Xotin-qizlarning ta‘lim va kasbiy ko‘nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish” mazmun-mohiyati va vazifasi xususida atroflicha ma‘lumotlar berib o‘tildi.

Chop etish