Farg‘ona seminar-treningiga oid maʼlumot (2021-yil 29-30-yanvar)

“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti xodimi falsafa doktori, dotsent Mohira Xoliqova tomonidan rahbar va mutaxassislar uchun 12 soatga mo‘ljallangan “Mahalla va oila tizimi mutaxassislarining professional kompetensiyalarini rivojlantirishning konseptual aspektlari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Treningda hududiy boshqarma xodimlari, mahalla raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, hududiy “Obod va havfsiz mahalla” bo‘limlari boshliqlari va mutaxassislari ishtirok etdi.
Trening kun tartibidan quyidagi mavzular o‘rin oldi:
- mahalla va oila tizimida maʼnaviy-maʼrifiy faoliyat;
- mutaxassislar faoliyatida psixologik bilimlarning o‘rni;
- psixologik zo‘rlik va u bilan ishlash psixotexnikasi;
- abyuzing va gazlayting;
- ijtimoiy rollar, gender tengligi masalalari;
- mediatsiya – oilaviy nizolarni bartaraf etishning alternativ usulini amaliyotiga tatbiq etish;
- XXI asrning konseptual xususiyatlarining oila institutiga taʼsiri muammolari;
- yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning huquqiy, maʼnaviy-maʼrifiy, psixologik, diniy, iqtisodiy aspektlari;
- yosh oilalarning ijtimoiy-psixologik muammolari;
- oiladagi shaxslararo munosabatlar etikasi va standartlari;
Seminar-trening davomida hududiy boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Dilnoza Ergasheva rahbarligida mahallalarda oilaviy ajrimlar, oilaviy nizolar prevensiyasi, yoshlar taʼlim-tarbiyasi yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
Shuningdek, mutaxassislar o‘rtasida oilaviy nizolar, xodimlar faoliyatida mediativ texnikalarning ahamiyatiga oid anketa-so‘rovlari o‘tkazildi.
Trening ishtirokchilariga sertifikatlar taqdim etildi.
Mohira Xoliqova,
“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti
katta ilmiy xodimi
falsafa doktori, dotsent,
ishchi guruh aʼzosi
Рус
Eng


