Farg‘ona safaridan maʼlumot

28-yanvar kuni Marg‘ilon shahrida hududga qarashli mahallalarda oilaviy ajrimlar, ayollar o‘rtasida sodir etilgan jinoyatlar, ularning etimologiyasi, kelib chiqish sabablari masalalari batafsil o‘rganildi.
Mahallalar bilan olib borilayotgan maʼrifiy faoliyat bilan tanishildi.
Marg‘ilon shahri mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi rahbari o‘rinbosari Iqbolxon Davidova rahbarligida mahallalarda oilaviy ajrimlar, oilaviy nizolar prevensiyasi, yoshlar taʼlim-tarbiyasi yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
Shu kuni mahalla raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari faoliyatida psixologik bilimlarning o‘rni, oilaviy nizolar prevensiyasi, maishiy zo‘rlik va u bilan ishlash psixotexnikasi, mediatsiya – oilaviy nizolarni bartaraf etishning alternativ usulini xodimlarning amaliyotiga tatbiq etish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati davomida mahalla va oila tizimida maʼnaviy-maʼrifiy faoliyatni yo‘lga qo‘yishning quyidagi aspektlar ko‘rib chiqildi:
- XXI asrning konseptual xususiyatlarining oila institutiga taʼsiri muammolari;
- yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning huquqiy, maʼnaviy-maʼrifiy, psixologik, diniy, iqtisodiy aspektlari;
- yosh oilalarning ijtimoiy-psixologik muammolari;
- oiladagi shaxslararo munosabatlar etikasi va standartlari;
- oilaviy nizolar, ijtimoiy rollar, gender tengligi masalalari.
Shuningdek, mahalla xodimlari o‘rtasida anketa-so‘rovlari o‘tkazildi.
Marg‘ilon shahar madaniyat uyi havaskor aktyorlar guruhi bilan hamkorlikda Marg‘ilon shahridagi ajrimlarni oldini olish, qaynona-kelin munosabatlarini tanqidiy rakursda ko‘rsatish, oilaviy qadriyatlarni targ‘ib qilish maqsadida “Qaynonajon” nomli sahna ko‘rinishi tayyorlandi.
Ushbu dramatik asarni keng ommaga namoyish qilish mo‘ljallangan.
Hududdagi 54 ta mahalla fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi maʼlumotlar ilova qilinadi.
Mohira Xoliqova,
falsafa doktori, dotsent,
ishchi guruh aʼzosi
Рус
Eng


