Yosh oilalarga huquqiy tavsiyalar yaratilmoqda

01:56 - 28 Yanvar Yangiliklar
911
Joriy yilning 28-yanvar kuni soat 10:00da Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy tadqiqot instituda “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning maʼnaviy-huquqiy asoslari” mavzusida taqdimot bo‘lib o‘tdi. Taqdimotni o‘tkazishdan asosiy maqsad, mutasaddi vazirliklar va tashkilotlar vakillarining mavzu doirasidagi fikr-mulohazalarini bilish va o‘quv metodik komplekslar mazmuniga singdirishdan iboratdir.
ness image

Unda, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari Maʼrufova Gulnora Mahmudovna,  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning “Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi” boshlig‘i Abdurahimova Farida Yo‘ldoshevna, Oliy taʼlim vazirligi “Maʼnaviyat” boshqarmasi bosh mutaxassisi Dildora Solixo‘jayeva, Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi o‘qituvchisi Egamberdiyev Eduard Xajibayevich, Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati bosh mutaxassisi Parmonova Madina Halimovna, “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti direktori Egamberdiyeva Nodira Melibayevna hamda institut jamoasi ishtirok etdi.

Taqdimotda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oila institutini yana-da rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 820-sonli Qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bayonot berildi.

Ayniqsa, institut katta ilmiy xodimi dotsent M. Xoliqova tomonidan “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markaz”lari uchun yuqoridagi Qarorning Nizomi ilovasiga muvofiq o‘quv dasturining yaratilgani qarorda belgilab berilgan vazifalarning amaliy ijrosi deyish mumkin. Mazkur, “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markaz”larida Qaror Nizom ilovasida belgilangan olti yo‘nalish oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy turmush psixologiyasi, reproduktiv salomatlik asoslari, iqtisod va oila byudjeti, ota-onalik ijobiy ko‘nikmalari, maʼnaviy-ahloqiy qadriyatlar singari o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish uchun ishchi guruh tomonidan o‘quv metodik komplekslar yaratilmoqda.

Shuningdek, D. Alimjanova va M. Mahmudova tomonidan “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari uchun yo‘riqnoma” mavzusidagi metodik qo‘llanma tayyorlandi va ekspertlar muhokamasiga taqdim etildi.

Institutning “Oila psixologiyasi va oilaviy qadriyatlar” bo‘limi katta ilmiy xodimi dotsent H. Norqulov tomonidan “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalalari” mavzusida monografiya tayyorlandi va ekspertlar muhokamasiga taqdim etildi. 



Fotolavha

Chop etish