Navoiy viloyatida xotin-qizlar balansini shakllantirish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i Bobur Xonturayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-martdagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-81-sonli Farmoni va “Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-146-sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Navoiy viloyatining 11 ta tumanida mahallalardagi xotin-qizlar faollarining ish faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda mahallalar kesimida “xotin-qizlar balansi”ni shakllantirish bo‘yicha 330 ta mahallalardagi xotin-qizlar faollari uchun 3 kunlik seminar-trening va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Seminar-trening va amaliy mashg‘ulotlar davomida mahallalardagi xotin-qizlar faollarining asosiy vazifalari, vakolatlari nimalardan iborat ekanligi, ish faoliyatini qanday yo‘lga qo‘yish, “xotin-qizlar balansi”ni shakllantirish, bu bo‘yicha so‘rovnomalarni sifatli, shafof, hamkorlikda va uyma-uy yurgan holda to‘ldirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.