O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda institut vakilining ishtiroki haqida

11:38 - 11 Aprel Yangiliklar
807

Matbuot xizmati uchun qisqacha maʼlumot.

O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda institut vakilining ishtiroki haqida

 


ness image

O‘zbekistonda 2022-yil – “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” eʼlon qilinganligi munosabati bilan hamda qabul qilingan 2022-2026-yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida yapon jamiyati va Yaponiyada istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizning xabardorlik darajasini oshirish maqsadida joriy yil 7-aprel kuni O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi topomindan: “Mahalliy jamiyatlarning asosiy xususiyatlari va rollari: O‘zbekiston va Yaponiya misolida” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

O‘zbekistonning Yaponiyadagi favqulodda elchisi janob Muxsinxo‘ja Abdurahmonov anjuman ishtirokchilariga tabrik so‘zi bilan murojaat qilib, Yangi O‘zbekistonni yana-da rivojlantirishga qaratilgan Konsepsiyasining maqsad, vazifalari va ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Jamiyat hayotining barcha jabhalarida amalga oshirilgan islohotlarning muhimligi, mazkur jarayonda ilmiy salohiyatni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kabi masalalariga alohida eʼtibor qaratilayotgani haqida taʼkidlab o‘tdi.

Ushbu anjumanda Xokkaydo universitetining professor va dotsentlari, Yaponiyada tahsil olayotgan yoshlarimiz ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy ishlar bo‘yicha dirktor o‘rinbosari, professor Aynisa Musurmanova va O‘zbekiston Respublikasi hududlarini iqtisodiy rivojlantirishga ko‘maklashish markazi raisi Davron Bekchanovlar ishtirok etishdi.

Musurmanova Aynisa “Mahalliy hamjamiyatlarning asosiy xususiyatlari va roli: O‘zbekiston tajribasi” mavzusida maʼruza qildi. U o‘z so‘zida mahallalar faoliyatiga 2021-yil may oyidan joriy etilgan yangi "mahallabay" tizimi haqida so‘zlab berdi.

"Mahallabay" faoliyati barcha masʼul vazirlik va idoralar tomonidan mahallalardagi mavjud muammolar, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining muhim masalalarni kompleks hal etishning yangi mexanizmidir.

Anjuman ishtirokchilarining chiqishlari o‘zini o‘zi boshqarish sohasida tajriba almashish va bu borada halqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratildi.

Mazkur anjumanga tayyorgarlik ko‘rish va uning ishida ishtirok etishda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2022-yil 21-fevraldagi 08/5617-sonli murojaati asosida amalga oshirildi.


Xalqaro bo‘lim – 07.04.2022

Chop etish