DIQQAT QABUL!
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti 2022-yil uchun mustaqil izlanuvchilik (PhD, DSc) ga quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha
QABUL EʼLON QILADI:
- 09.00.04 – “Ijtimoiy falsafa”
- 13.00.09 – “Ijtimoiy pedagogika”
- 19.00.06 – “Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi”
- 19.00.05 – “Ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya”
- 22.00.02 – “Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi”.
MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA TALABGORLAR QUYIDAGI HUJJATLARNI ILOVA QILGAN HOLDA ARIZA BILAN INSTITUTGA MUROJAAT QILADI:
1. Ariza.
2. Qisqacha biografik maʼlumotnoma (obyektivka - namuna 3.5 shakl bo‘yicha o‘zbekcha va ruscha shaklda).
3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
4. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturi bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
4.1. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun Oliy maʼlumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi.
5. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (PhD) (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis), (DSc) (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis).
6. Ish joyidan tavsifnoma.
7. Pasport nusxasi.
Barcha xujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http://phd.mininnavatsion.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda yuboriladi.
Talabgorlarning mustaqil izlanuvchilikka hujjatlarini 15-yanvardan
15-fevralgacha, 15-apreldan 15-maygacha, 15-iyuldan 15-avgustgacha,
15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha bo‘lgan davrlarda qabul qilinadi.
Manzilimiz: 100007, “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Ismoiliy ko‘chasi, 1-G uy.
Telefon: (0-371) 267-05-36.