Yozgi maktab faoliyati. Beshinchi kun.

01:38 - 11 Iyun Yangiliklar
905
ness image

Yozgi maktab faoliyatining beshinchi kunida soha bo‘yicha amaliyotchi ekspert O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Nurbek Yuldashev o‘zining “Demografik jarayonlarning aholi kambag‘allik darajasiga taʼsiri”ga bag‘ishlangan mavzusida taqdimoti bilan ishtirok etdi. Unda aholining kambag‘allik holatiga tushishiga sabab bo‘luvchi omillarning tizimli tahlili taqdim etildi. Kambag‘allik darajasini aniqlash usullari hamda aholi soni ortishining davlat ijtimoiy-iqtisodiy islohotlariga taʼsiri batafsil yoritib berildi. Shuningdek, O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish va kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar keltirib o‘tildi.  

Ikkinchi maʼruzachi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti bo‘lim boshlig‘i, iqtisodiyot fanlari doktori Dildora Karimova “Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning demografik jihatlari” mavzusida taqdimot qildi. Ushbu taqdimotda tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlari o‘zgarish dinamikasining iqtisodiyot va mehnat bozoriga taʼsiri ochib berildi. Mamlakatimizda mehnatga layoqatli aholiga demografik bosim, shuningdek iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy xizmatlarga davlat harajatlari bo‘yicha tahlillar keltirildi. Alohida taʼkidlash kerakki, aholining takror barpo bo‘lish darajasini kamaytirishga eng kuchli taʼsir qiluvchi omillar sifatida aholi bandligi va yuqori taʼlim darajasi ko‘rsatkichlari ilmiy asoslab berildi.

Yozgi maktab faoliyatining oxirgi kuni 11-iyunʼ soha bo‘yicha ekspert Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Tashqi iqtisodiyot va turizm” kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori Zulayho Kadirovaning “O‘zbekistonda zamonaviy mehnat migratsiyasi: muammolar va ularni hal qilish usullari” mavzusiga bag‘ishlangan taqdimot qildi. Ushbu taqdimotda mamlakatimizda migratsiya bo‘yicha ishlab chiqilgan qonunlar, farmonlar va mavjud xuquqiy normalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, migratsiya holatlari, muammolari va tendensiyalari bo‘yicha maʼlumotlar berib o‘tildi.

Shuningdek, iqtisodiy va demografik xafsizlik bo‘yicha yirik mutaxasisi, iqtisod fanlari doktori, professor Azamatjon Aʼzamovich Zoxidov o‘zining “ILMIY TADQIQOT: asosiy metodologik talablar va tamoyillar” mavzusidagi taqdimoti bilan barchani lol qoldirdilar. Taqdimotda doktarant va mustaqil tadqiqotchilar uchun muxim bo‘lgan dissertatsiya mavzusini to‘g‘ri shakllantirish, mavzuni tanlashda muammoli vaziyatni yoki ilmiy muammoni ko‘ra bilish va uning algoritimini yaratish bo‘yicha batafsil maʼlumot yoritib berildi.


Yuqoridagi mavzular bo‘yicha batafsil tanishmoqchi bo‘lsangiz quydagi fayllarni yuklab olishingiz mumkun.

Chop etish