“YOZGI MAKTAB”
O‘zbekiston Respublikasi Maxalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti va BMT aholishunoslik jamg‘armasining (UNFPA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “YOZGI MAKTAB” tashkil qilindi

Ayni daqiqalarda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutida “Yozgi maktab” o‘z ishini boshladi. Mazkur o‘quv kurslari joriy yilning 7-11-iyun bo‘lib o‘tadi. Bugun maktabning ochilish marosimi va uni ochib berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Tashmuxamedova Dilorom Gafurdjanovna, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari Marufova Gulnora Maxmudovna, BMTning Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari – Yu Yu janoblari Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Elchixonasi muxtor vakili Vadim Yuryevich Mitrofanov va bir qator hamkor tashkilotlar qatnashishdi.
Maktabning asosiy vazifasi – mamlakatimizda barqaror o‘sishni taʼminlashda demografik o‘zgarishlarni to‘laqonli baholash, sohadagi ichki zahira va imkoniyatlarni aniqlashda yosh olimlarni ushbu sohaga jalb etish, xorijiy va mahalliy yetuk olimlar o‘rtasida bilim va tajriba almashish, mamlakatimiza yosh demogrif olimlar bazasini yaratish, hamda ularda zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
Yozgi maktabda demografiya sohasi yo‘nalishidagi yetakchi olim, professor va xalqaro darajadagi ekspertlar jumladan, Galina SCherbakova, Gulya Xodjayeva, Baxodir Umurzakov, Mixail Borisovich, Botir Alimuxamedov, Andrey Frolov, Tomash Kuchera, Kobil Berdikulov, Sherzod Dusnayev, Shaxnoza Akramova, Valeriy Yelizarov, Nurbek Yuldashev, Dildora Karimova, Zulayxo Kadirova va Xamid Xudaybergenovich Abduramanovlar o‘z maʼruza va taqdimotlar bilan so‘zga chiqishdi.
Mazkur “yozgi maktab” o‘quv-seminar treningida nufuzli oliy taʼlim muassasa va tashkilotlarining vakillari shu bilan birga ilmiy xodimlari, talabalar, magistrlar, mustaqil izlanuvchilar, doktorantlar qatnashdi.
Yozgi maktab doirasida: “O‘zbekiston Respublikasining zamonaviy demografik vaziyati va demografik xavfsizlikka tahdidlar”, “Aholi ro‘yxati: natijalardan foydalanish va tarqatish”, “Ekologik noqulay hududda demografik muammolar va ularni hal qilish”, “Demografik rivojlanishning mehnat munosabatlariga taʼsiri”, “Demografik o‘tish nazariyasi demografik rivojlanish tendensiyalarini tushunishning kaliti sifatida”, “O‘zbekiston demografik rivojlanishining uzoq muddatli prognoz parametrlari” (2050-yilgacha), “O‘lim darajasini tahlil qilish va prognozlashning zamonaviy usullari”, “Amaliyot uchun fan: nima uchun aholi va nima uchun aholi prognozi?”, “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishning uslubiy jihatlari”, “Sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllari (savolnomalari) va ularni to‘ldirish qoidalari”, “Inson kapitalini shakllantirishning demografik jihatlari”, “Demografik va oilaviy siyosat: asosiy vazifalar, yo‘nalishlar, chora-tadbirlar”, “Demografik jarayonlarning aholi kambag‘allik darajasiga taʼsiri”, “Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning demografik jihatlari”, "O‘zbekistonda zamonaviy mehnat migratsiyasi: muammolar va ularni hal qilish usullari" mavzuidagi va boshqa maʼruzalar tinglandi, muhokama etildi.
O‘quv jarayoni zamonaviy usullari asosida yuksak ilmiy saviyada interfaol uslublar - loyiha texnologiyasi, aqliy hujum, keys singari metodlardan foydalangan holda olib boriladi. Eslatib o‘tamiz, “Yozgi maktab” dasturi yakunida tinglovchilar sertifikat bilan taqdirlanishadi.