Yaponiya tajribasi: ayollar liderligi sari izchil yo‘l

Yaponiya tajribasi: ayollar liderligi sari izchil yo‘l
🇯🇵Maʼlumki, Yaponiya uzoq yillar davomida siyosiy boshqaruvda erkaklar ustuvor bo‘lgan mamlakatlardan biri sifatida baholanib kelingan. Biroq 2025-yilda Sanae Takaitining mamlakat tarixidagi ilk ayol Bosh vazir sifatida lavozimga kelishi gender tenglik yo‘lidagi muhim tarixiy voqea bo‘ldi.
Bu natija tasodifiy emas. Yaponiya gender tenglikni qonunlar, davlat dasturlari, ochiq statistika va hududiy monitoring orqali bosqichma-bosqich rivojlantirib kelgan. Jumladan, 1999-yilgi “Basic Act for Gender Equal Society”, “Fifth Basic Plan for Gender Equality”, “Womenomics” siyosati hamda 2018-yilgi “Act on Promotion of Gender Equality in the Political Field” kabi hujjatlar xotin-qizlarning siyosat va davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Yaponiya tajribasida “Mieruka” — ko‘rinarlilik va shaffoflik tizimi muhim o‘rin tutadi. Bu tizim orqali ayollarning mahalliy kengashlar, davlat xizmati va rahbarlik lavozimlaridagi ulushi ochiq eʼlon qilib boriladi. Eʼtiborli jihati, 2023-yilda o‘zbekistonlik Orzugul Boboxodjayeva ham Tokioning Setagaya tumani assambleyasiga deputat etib saylanib, 6 771 ta ovoz to‘plagan.
Raqamlar bu jarayon izchil va tahliliy yuritilayotganini ko‘rsatadi: 2025-yilda 47 ta prefektura gubernatoridan 2 nafari ayol bo‘lib, bu 4,3 foizni tashkil etgan, merlar orasida esa ayollar ulushi 3,7 foiz atrofida bo‘lgan. 2024-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, mahalliy davlat xizmatida ayollar ulushi prefektura darajasida 15,4 foiz va 9,4 foiz, munitsipal darajada esa 20,4 foiz va 12,6 foizga yetgan. Yaponiya tajribasi xotin-qizlarni rahbarlikka olib chiqishda qonun, dastur, ochiq maʼlumot va doimiy monitoring muhim omil ekanini ko‘rsatadi.
Рус
Eng



