Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
AXBOROT XATI
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi
“Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda jamiyat barqarorligini ta‘minlashda ayollarning o‘rni va roli” mavzusidagi
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishida ishtirok etishga taklif etadi.
Tashkilotchilar: O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti
Konferensiyaning maqsadi – O‘zbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida, jamiyat barqarorligini ta‘minlashdagi o‘rni va roli, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarida ayollar duch kelayotgan muammolarni muhokama qilish, ularni tizimli bartaraf etish uchun ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Konferensiyani o‘tkazish shakli: an‘anaviy shakl (shaxsiy ishtirok) va onlayn
O‘tkazish vaqti: 2025-yil 21-oktyabr
Konferensiyaning yo‘nalishlari:
1- sho‘ba: Jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida, jamiyat barqarorligini ta‘minlashdagi o‘rni va roli.
2- sho‘ba: Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida xotin-qizlar bandligini ta‘minlash va tadbirkorligini takomillashtirish masalalari.
3-sho‘ba: Yangi O‘zbekistonni barpo etishda xotin-qizlarning ta‘lim va ilm-fan sohasidagi imkoniyatlarini rivojlantirish masalalari.
Konferensiya yakunlari bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda, jamiyat barqarorligini ta‘minlashda ayollarning o‘rni va roli, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarida ayollar duch kelayotgan muammolarni muhokama qilish, ularni tizimli bartaraf etish, ayollar uchun dolzarb muammolarni aniqlash va xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish masalalari, jamiyatda salbiy stereotiplarni kamaytirish, xotin-qizlarga teng huquq va imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha takliflar, taqdimotlar (ma‘ruzalar) hamda tezislar qabul qilinadi. Konferensiya yakunlari bo‘yicha konferensiya materiallari to‘plamini nashr etish rejalashtirilgan. To‘plamning elektron varianti O‘zbekiston Rerpublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi saytiga joylashtiriladi.
Konferensiyada qatnashish uchun: xalqaro va milliy darajadagi tashkilotlar vakillari, OTM professor-o‘qituvchilari, talabalari, doktorantlar, magistrantlar, amaliyotchi mutaxassislar taklif etiladi.
Konferensiyaning ishchi tillari: o‘zbek, rus, ingliz tillari.
Maqolalarni yuborish uchun talablar:
Matn hajmi — kamida 5 betdan 7 betgacha, A4 hajmda, matn shakli- Microsoft Word, yozuv shrifti - Times New Roman, harflar hajmi-14 kegl, satrlar oralig‘i-1,5 intervalda. Yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 1,5 sm, o‘ngdan 1,5 sm;
Yuqoridan bosh harflar bilan maqola mavzusi yoziladi, bir intervaldan so‘ng muallifning familiyasi, ism-sharifi, ish joyi (oliy o‘quv yurti, ilmiy tadqiqot muassasasi) nomi va lavozimi, shuningdek bog‘lanish uchun telefon raqami yoziladi, bir intervaldan so‘ng matn keltiriladi;
Tezisni tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar har bir sahifa ostida havola (snoska) tarzida beriladi;
Internet-resurslardan (Google Tarjimon va boshqalar) foydalanilgan izohlarning tarjimalari lingvistik va semantik jihatdan to‘g‘riligi tahrir qilinishi kerak;
Barcha taqdim etilgan materiallar antiplagiat dasturi yordamida sinovdan o‘tkaziladi (originallik — 70% dan kam emas);
Tezislarning mazmuni konferensiyada muhokama qilingan masalalarni aks ettirishi kerak. Tezis oxirida amaliy tavsiyalar berilishi kerak.
Maqola va tezislarning mazmun-mohiyati, ma‘lumotlarning aniqligi uchun mualliflar shaxsan javobgar hisoblanadi.
Talablarga javob bermaydigan maqolalar to‘plamga kiritilmaydi.
Maqolalarni qabul qilish muddati: 2025-yil 5 -oktyabr
Ijrochi: Ilxamova Zumrad
Telefon: +998 93 983 78 60
E-mail: zumradilhamova@gmail.com
Ishtirokchi anketasi
Muallif(lar) familiyasi, ismi, sharifi
Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni
Ish joyi, lavozimi
Yo‘nalish/sho‘ba nomi
Tezisning nomi
Aloqa uchun telefon raqami (hudud kodi bilan)
Elektron pochta manzili