Ilmiy-amaliy konferensiya

05:00 - 10 May Тошкент шаҳри
668
events image

 AXBOROT XATI

O‘zbekiston Respublikasi

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti

 “Jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari: joriy holat va istiqbol”

mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya ishida ishtirok etishga taklif etadi.

Tashkilotchilar: Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti.

Konferensiyaning maqsadi – O‘zbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda ayollar duch kelayotgan muammolarni muhokama qilish, ularni tizimli bartaraf etish uchun ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

 Konferensiyani o‘tkazish shakli: anʼanaviy shakl (shaxsiy ishtirok) va onlayn

O‘tkazish vaqti: 2023-yil iyun oyi

Konferensiyaning yo‘nalishlari:

1      shoʻba:     Jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish – gender tenglikni taʼminlashning ustuvor yo‘nalishi.

2      shoʻba:     Boshqaruv va rahbarlik sohasida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari.

3      shoʻba:     Yangi O‘zbekistonni barpo etishda xotin-qizlarning taʼlim va ilm-fan sohasidagi  imkoniyatlarini rivojlantirish masalalari.

4      shoʻba:     Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida xotin-qizlar bandligini taʼminlash va tadbirkorligini takomillashtirish masalalari.

Yalpi majlis uchun dolzarb muammolarni aniqlash va xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari, jamiyatda salbiy stereotiplarni kamaytirish, xotin-qizlarga teng huquq va imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha takliflar, taqdimotlar (maʼruzalar) hamda tezislar qabul qilinadi. Konferensiya natijalariga ko‘ra materiallar to‘plami nashr etiladi.

Konferensiyada qatnashish uchun: OTM professor-o‘qituvchilari, talabalari, gender sohasida faoliyat yurituvchi tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar, amaliyotchi mutaxassislar taklif etiladi.

Rasmiy tillar: o‘zbek va rus tillari

Maqolalarni yuborish uchun talablar:

Maqolalar A4 formatida yozilgan 3-5 sahifadan iborat va  adabiyotlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak.

Qatorlar oralig‘i -1,5 shrift - Times New Roman; shrift hajmi - 14 pt; sahifa parametrlari - har tomondan 20 mm; oriyentatsiya - kitob; xatboshi chizig‘i - 1 sm; matnni kengligi bo‘yicha tekislash; sahifa raqamlarini kiritmang.

Adabiyotlar ro‘yxati. Agar matnda adabiyotga havola qilingan bo‘lsa, asosiy matndan keyin markazda “Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati” sarlavhasi yozilishi va manbalarning raqamlangan ro‘yxati joylashtirilishi kerak.

Sarlavha qalin Times New Roman shrifti bilan markazlashtirilgan; shrift hajmi – katta harflar bilan 14 pt. Sarlavhadan keyin muallif(lar)ning to‘liq ismi, sharifi va familiyasi, ilmiy darajasi, ish joyi ko‘rsatiladi, bir interval tashlab annotatsiya va kalit so‘zlar (o‘zbek, rus va ingliz tillarida), so‘ng 1 interval tashlab asosiy matn yoziladi.

Agar matnda jadvallar va rasmlar bo‘lsa, unda ular raqamlangan bo‘lishi kerak (“Jadval №1” - qalin harflar bilan yozilgan).

Tezislarning mazmuni konferensiyada muhokama qilingan masalalarni aks ettirishi kerak. Tezis oxirida amaliy tavsiyalar berilishi kerak.

Tezis bilan birgalikda ishtirokchi anketasi ham jo‘natilishi lozim.

Maqola va tezislarning mazmun-mohiyati, maʼlumotlarning aniqligi uchun mualliflar shaxsan javobgar hisoblanadi.

Talablarga javob bermaydigan maqolalar to‘plamga kiritilmaydi.

Maqolalarni qabul qilish muddati 2023-yil 10-may

Aloqa uchun telefon: +998 99 531 45 55 telegram Furqat Sodikov

E-mail: furkatsodikhov@gmail.com

Bizning manzilimiz: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Istiqlol ko‘chasi, 51-uy, B-korpusi

Web-sayt: www.moiti.uz 

 

Ishtirokchi anketasi

Muallif(lar) familiyasi, ismi, sharifi

 Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni 

Ish joyi, lavozimi

 Yo‘nalish/shoʻba nomi

 Tezisning nomi

 Aloqa uchun telefon raqami (kodi bilan)

Elektron manzil

Ro‘yxatdan o‘tish
Chop etish