“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik” doirasida xalqaro konferensiya

05:00 - 9 Dekabr Тошкент шаҳри
765
events image

AXBOROT XATI

 

25-noyabr - Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni munosabati bilan “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida o‘tkazilgan “ZO‘RAVONLIKKA QARSHI 16 KUNLIK” turkum tadbirlar doirasida xalqaro konferensiya tashkil etish rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan 2022-yil 9-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan “Yangi O‘zbekiston oiladagi zo‘ravonlikka qarshi: holat, muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.

Xalqaro konferensiya onlayn va oflayn formatda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Konferensiya quyidagi shoʻbalarda ish olib boradi:

1.  Oilaviy zo‘ravonlikka qarshi kurash va uni oldini olish.

2.  Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish masalalari

3.  Bolalarga nisbatan ishlatilgan zo‘ravonlik holatlariga qarshi murosasiz kurashish.

4.  Nogironligi bo‘lgan shaxslarni zo‘ravonlikdan himoya qilish.

Maqola matnini tayyorlash bo‘yicha talablar:

1.  Anjumanning rasmiy tillari: o‘zbek, rus va ingliz.

2.  Matn Microsoft Word matn muharririda, Times New Roman shrifti, 14 o‘lcham, 1,5 interval, yuqori va pastdan 2 sm, o‘ngdan 1,5 va chapdan 3 sm qoldirilib, rasmiylashtiriladi.

3.  Sarlavhadan keyin muallif(lar)ning ismi, sharifi va familiyasi, ilmiy darajasi, ish joyi ko‘rsatiladi, bir interval tashlab annotatsiya va kalit so‘zlar uch tilda keltiriladi, so‘ng 2 interval tashlab asosiy matn va oxirida adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi.

4.  Maqola mazmuni konferensiya mavzusi va yo‘nalishlariga mos bo‘lib, dolzarbligi asoslanishi, tahliliy, amaliy tavsiyalar berilishi, hajmi A4 formatda 4–7 sahifadan iborat bo‘lishi kerak.

5.  Yuboriladigan fayl muallifning familiyasi bilan nomlangan bo‘lishi shart.

6.  Matnda keltirilgan fikrlar, statistik maʼlumotlar, aks etgan g‘oyalar, shuningdek, matn orfografiyasi uchun masʼuliyat muallif zimmasida qoladi.

7.  Maqolalar to‘plam shaklida chop etiladi.

8.  Maqolalar va ishtirokchi anketasi yuboriladigan elektron manzil:

Abdiraimova Shahnoza +998 (99) 546-10-01(telegramm kanali)

9.  Maqola topshirishning oxirgi muddati: 2022-yil 7-dekabr.

10.   Talablarga javob bermaydigan maqolalar to‘plamga kiritilmaydi.

Tashkiliy qo‘mita manzili: 

Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Istiqlol ko‘chasi, 51-uy.

“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti

Telefon: + 998 (99) 546-10-01 (Sh. Abdiraimova)

web-sayt: www.moiti.uz 

 

Ilmiy-amaliy konferensiya

tashkiliy qo‘mitasi

                               

 

Ishtirokchi anketasi

Muallifning F.I.Sh.

Ish joyi

Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni

Maqola nomi

Shoʻba nomi

e-mail

Telefon raqami

Ro‘yxatdan o‘tish
Chop etish