“Xavfsiz mahalla” tamoyilining asosiy mezonlari hamda ularga asoslangan tizimni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga to‘laqonli va samarali joriy etish mexanizmlari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya

04:00 - 11 Noyabr Тошкент шаҳри
618
events image

AXBOROT XATI

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-martdagi 101-F-son farmoyishi 2-ilovasidagi Respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasiga muvofiq, 2022-yil 11-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida “Xavfsiz mahalla” tamoyilining asosiy mezonlari hamda ularga asoslangan tizimni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga to‘laqonli va samarali joriy etish mexanizmlari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.

Konferensiya onlayn va oflayn formatda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Konferensiya quyidagi shoʻbalarda ish olib boradi:

1.    Yangi O‘zbekistonda oila institutini rivojlantirishda “Xavfsiz mahalla” tamoyilining o‘ziga xos xususiyatlari.

2.    “Xavfsiz mahalla” tamoyilini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga to‘laqonli va samarali joriy etish mexanizmlari.

3.    “Xavfsiz mahalla” tizimini takomillashtirishda ichki ishlar xodimlarining faoliyat mexanizmlari.

4.    “Xavfsiz mahalla” tamoyilini joriy etishda oilaviy qadriyatlardan foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari.

  

Maqola matnini tayyorlash bo‘yicha talablar: 

1.    Anjumanning rasmiy tillari: o‘zbek, rus.

2.    Matn Microsoft Word matn muharririda, Times New Roman shrifti, 14 o‘lcham, 1,5 interval, yuqori va pastdan 2 sm, o‘ngdan 1,5 va chapdan 3 sm qoldirilib, rasmiylashtiriladi.

3.    Sarlavhadan keyin muallif(lar)ning ismi, sharifi va familiyasi, ilmiy darajasi, ish joyi ko‘rsatiladi, bir interval tashlab annotatsiya va kalit so‘zlar uch tilda keltiriladi, so‘ng 2 interval tashlab asosiy matn va oxirida adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi.

4.    Maqola mazmuni konferensiya mavzusi va yo‘nalishlariga mos bo‘lib, dolzarbligi asoslanishi, tahliliy, amaliy tavsiyalar berilishi, hajmi A4 formatda 4–7 sahifadan iborat bo‘lishi kerak.

5.    Yuboriladigan fayl muallifning familiyasi bilan nomlangan bo‘lishi shart.

6.    Matnda keltirilgan fikrlar, statistik maʼlumotlar, aks etgan g‘oyalar, shuningdek, matn orfografiyasi uchun masʼuliyat muallif zimmasida qoladi.

7.    Maqolalar to‘plam shaklida chop etiladi.

8.    Maqolalar va ishtirokchi anketasi yuboriladigan elektron manzil:

Bo‘riyeva Maxbuba +998 (97) 462-55-58 (telegramm kanali)

9.    Maqola topshirishning oxirgi muddati: 2022-yil 30-oktyabr.

10. Talablarga javob bermaydigan maqolalar to‘plamga kiritilmaydi.

 

Tashkiliy qo‘mita manzili:  

Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Istiqlol ko‘chasi, 51-uy.

“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti

Telefon: + 998 (90) 925-08-69 (H.Norqulov)

web-sayt: www.moiti.uz 

 

Ilmiy-amaliy konferensiya

tashkiliy qo‘mitasi

                                

Ishtirokchi anketasi

Muallifning F.I.Sh.

 Shahar (tuman) 

Ish joyi 

Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni  

Maqola nomi 

Shoʻba nomi 

e-mail 

Telefon raqami

Ro‘yxatdan o‘tish
Chop etish