“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” mavzusigi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

05:00 - 6 Oktabr Тошкент шаҳри
478
events image

“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” mavzusigi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya axborot xati.

 

 Sizni 2022-yilning 6-oktyabr kuni o‘tkaziladigan “Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya ishida ishtirok etishga taklif etamiz.

 

Tashkilotchilar: O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti, “Nuroniy” jamg‘armasi. 

Konferensiyani o‘tkazish shakli: onlayn va offlayn

Konferensiya quyidagi shoʻbalarda ish olib boradi:

·       Keksa avlod va ijtimoiy siyosat.

·       Keksalik va hozirgi zamon: ijtimoiy va demografik o‘zgarishlar.

·       Milliy qadriyatlar va barqaror avlodlararo munosabatlar

·       Keksa avlodning ijtimoiy-iqtisodiy faolligi: milliy va xalqaro tajriba.

 

 

MAQOLA MATNINI TAYYORLASH BO‘YICHA TALABLAR:

 Anjumanning rasmiy tili: o‘zbek, rus va ingliz tillari.

 § Matn Microsoft Word muharriri, Times New Roman shrifti, 14 o‘lcham, 1,5 interval, yuqori va pastdan 2 sm, o‘ngdan 1,5 va chapdan 3 sm qoldirilib, rasmiylashtiriladi.

§ Sarlavhadan keyin muallif(lar)ning ismi, sharifi va familiyasi, ilmiy darajasi, ish joyi ko‘rsatiladi, bir interval tashlab annotatsiya va kalit so‘zlar uch tilda(o‘zbek, rus va ingliz tillarida) keltiriladi, so‘ng 2 interval tashlab asosiy matn, xulosa va tavsiyalar hamda oxirida adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi.

§ Adabiyotlar ro‘yxati. Agar matnda adabiyotga havola qilingan bo‘lsa, asosiy matndan keyin markazda “Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati” sarlavhasi yozilishi va manbalarning raqamlangan ro‘yxati joylashtirilishi kerak.

§ Maqola va tezis mazmuni konferensiya mavzusi va yo‘nalishlariga mos bo‘lib, dolzarblik asoslanishi, tahlil, amaliy tavsiyalar berilishi, hajmi A4 formatda 4-7 sahifadan iborat bo‘lishi kerak.

§ Agar matnda jadvallar va rasmlar bo‘lsa, unda ular raqamlangan bo‘lishi kerak (“Jadval №1” - qalin harflar bilan yozilgan).

§ Yuboriladigan fayl muallifning familiyasi bilan nomlangan bo‘lishi shart.

§ Matnda keltirilgan fikrlar, statistik maʼlumotlar, aks etgan g‘oyalar, shuningdek, matn orfografiyasi uchun masʼuliyat muallif zimmasida qoladi.

§ Maqolalar to‘plam holida chop etiladi.

§ Maqolalar va ishtirokchi anketasi elektron manzil: ......................

§ Talablarga javob bermaydigan maqolalar to‘plamga kiritilmaydi.

 

MAQOLALARNI QABUL QILISH MUDDATI 2022-yil 15-sentyabr

Tashkiliy qo‘mita manzili: 

Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Istiqlol ko‘chasi, 51-uy manzilidagi bino b-korpusi 2-3-qavatlari.

“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti

Telefon: +99899-531-45-55, +99891-337-97-07

Telegram orqali: +99899-706-10-20, +99891-337-97-07

Web-sayt: www.moiti.uz 

Ilmiy-amaliy konferensiya

tashkiliy qo‘mitasi

                               

 

Ishtirokchi anketasi

 

 

 

 


Ro‘yxatdan o‘tish
Chop etish