“Mustaqillik oilalari-farovon oilalar” mavzusida ilmiy seminar

05:00 - 23 Avgust Тошкент шаҳри
633
events image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-340-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Mustaqillik oilalari-farovon oilalar” ilmiy seminar tashkil etilmoqda.

Seminarning maqsadi – Mustaqillikning 31 yilligi davomida mamlakatda amalga oshirilgan oila va xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi davlat siyosati, gender tenglikni taʼminlash, xotin-qizlarni ijtimoi-siyosiy faolligini oshirish, ayollar va bolalarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, farzandlar tarbiyasi, ularni mustaqil hayotga tayyorlash, zamonaviy bilim va hunarlarni egallash masalalari bo‘yicha muhokama va munozara o‘tkazish, taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

Seminar talablari: seminarda maʼruza bilan ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabgorlarning maʼruza matni va prezentatsiyasini 15-avgust 2022-yilgacha seminar tashkilotchilariga yetkazilishi shart.

Hamkor tashkilotlar: Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi

Seminar o‘tkazish shakli: onlayn va offlayn

Seminar o‘tkazish sanasi: 23-avgust 2022-yil Seminarni o‘tkazish manzili: Toshkent shahri, Yashnaobod tumani, Istiqbol ko‘chasi, 51-uy. E-mail: habdusamatov@bk.ru Murojjat uchun tel: (97) 716 02 89,


Izoh: Seminarga tavsiya etilayotgan maʼruzalar matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-340- sonli qarori mazmun-mohiyatiga mos kelmasa qabul qilinmaydi.


Dastur

Ro‘yxatdan o‘tish
Chop etish