🔴“Kuchli jins”ning ojiz nuqtasi: Nega erkaklar jamiyatdan chetlanib qolyapti?

04:01 - 20 Yanvar Yangiliklar
30

🔴“Kuchli jins”ning ojiz nuqtasi: Nega erkaklar jamiyatdan chetlanib qolyapti?


Erkaklar va yosh yigitlarning jamiyatdan chetlanib qolishi sindromi bugungi kunning eng jiddiy sotsiologik muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu shunchaki “dangasalik” yoki shaxsiy tanlov emas, balki chuqur tizimli o‘zgarishlarning natijasi hisoblanadi.


Tadqiqotlarga tayangan holda, erkaklar duch kelayotgan asosiy muammolarni quyidagi to‘rt yo‘nalishda tasniflash mumkin.


🔊Iqtisodiy va ijtimoiy “o‘z o‘rnini yo‘qotish”

1979-yildan beri kollej diplomiga ega bo‘lmagan erkaklarning ish haqi deyarli o‘zgarmagan. Bu iqtisodiy turg‘unlik erkaklarning oilaviy hayotdan uzoqlashishiga olib kelmoqda, 30-40 yoshli diplomsiz erkaklarning faqat yarmi o‘z farzandlari bilan yashamoqda. 


🔴 Ruhiy salomatlik inqirozi

Ruhiy salomatlik sohasi (psixologiya va terapiya) tobora “ayollarga moslanib” bormoqda, bu esa erkaklarning yordam so‘rashini qiyinlashtirmoqda. Erkaklar o‘z his-tuyg‘ularini ifoda etishga o‘rgatilmagani va jamiyat tomonidan “kuchsiz” deb tamg‘alanishdan qo‘rqishi ularning ichki dardlarini yana-da kuchaytirmoqda.


🔴 Zararli madaniy normalar va zo‘ravonlik

Gender tengligi haqida gapirilganda ko‘pincha “nol yig‘indili o‘yin” (zero-sum game) tamoyiliga amal qilinadi, go‘yoki ayollarga e‘tibor berish uchun erkaklarni chetga surish kerakdek. Aslida esa erkaklarning iqtisodiy va ruhiy inqirozi ayollar va bolalar hayotiga ham bevosita salbiy ta‘sir ko‘rsatadi.


Batafsil: https://uz24.uz/uz/articles/muammo-26-1-19

ness image
Chop etish