Gender lug‘ati

04:01 - 26 Yanvar Yangiliklar
48

📘 Gender lug‘ati 


📅 2026-yil yanvar oyida uzgender.uz milliy platformasining “Gender elektron korpus va lug‘ati” bo‘limi mazmunan kengaytirilib, tizimli ravishda boyitildi.


📚 Mazkur bo‘limga 300 dan ziyod genderga oid atamalar kiritilib, ularning har biri ilmiy, huquqiy va ijtimoiy mazmun asosida izohlandi.


🎓 Kiritilgan atamalar gender tengligi, inson huquqlari, ijtimoiy adolat, mehnat munosabatlari, siyosiy ishtirok, ta‘lim, sog‘liqni saqlash hamda raqamli muhitdagi gender masalalarni qamrab oladi.


🤝 Ushbu ishlar gender masalalari bo‘yicha yagona terminologik bazani shakllantirish, shuningdek davlat organlari, tadqiqotchilar, fuqarolik jamiyati institutlari va keng jamoatchilik uchun ishonchli axborot manbaini yaratishga xizmat qiladi.


ness image
Chop etish