Ayollarning raqamli texnologiyalarni o‘zlashtirishidagi asosiy to‘siqlar
Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2025-yilda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ayollarning raqamli texnologiyalarni o‘rganishi va ulardan faol foydalanishiga bir qator ijtimoiy-iqtisodiy va psixologik omillar to‘sqinlik qilmoqda.
✔️Respondentlarning 35,6 foizi asosiy muammo sifatida uy-ro‘zg‘or majburiyatlarining ortiqcha yukini qayd etgan. Bu holat ayollarning vaqt va resurslarini cheklab, ularning raqamli rivojlanish imkoniyatlarini kamaytirmoqda.
✔️Shuningdek, 20,2 foiz respondent moliyaviy cheklovlar ya‘ni internet xarajatlari va o‘quv kurslarining qimmatligi muhim to‘siq ekanini bildirgan.
✔️ 14,7 foiz holatda motivatsiya va o‘ziga bo‘lgan ishonch yetishmasligi,
✔️ 13,1 foizda esa jamiyatdagi stereotiplar va ijtimoiy bosim ayollarning raqamli texnologiyalarga kirishini murakkablashtirayotgani aniqlangan.
📌 Ushbu natijalar shuni anglatadiki, raqamli tenglikni ta‘minlash faqat texnologik infratuzilma bilan cheklanmasdan, balki ayollarning ijtimoiy yukini kamaytirish, iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash va stereotiplarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks yondashuvni talab etadi.

Рус
Eng



