Endi nikohlanuvchilar nikoh shartnomasini notarial idorada, videokonferensaloqa orqali yoki murojaat qiluvchilarning xohishiga ko‘ra sayyor tartibda rasmiylashtirishlari mumkin.
https://www.lex.uz/uz/docs/-7973712
Endi nikohlanuvchilar nikoh shartnomasini notarial idorada, videokonferensaloqa orqali yoki murojaat qiluvchilarning xohishiga ko‘ra sayyor tartibda rasmiylashtirishlari mumkin.
✍️Shartnomani rasmiylashtirish uchun fuqaro o‘zi notarial idoraga kelishi yoki my.gov.uz hamda E-notarius.uz orqali ariza topshirishi mumkin va bunda notarius tomonidan quyidagilar qat‘iy tekshiriladi:
✔️taraflarning nikoh yoshiga yetganligini;
✔️taraflar o‘rtasida nikoh tuzilgan yoki tuzilmaganligini;
✔️taraflardan birining boshqa shaxs bilan nikohi qayd etilmaganligini;
✔️ilgari shartnoma tuzilmaganligini.
📎Shartnoma matni aniq va ravshan yozilgan bo‘lishi lozim, hujjatning mazmuniga taalluqli sana va muddatlar hech bo‘lmaganda bir marta so‘z bilan yozilishi lozim. Shartnoma loyihasi tayyor bo‘lganidan so‘ng to‘lov amalga oshiriladi hamda tomonlar notarius ishtirokida barcha nusxalarni to‘liq ism-familiyalar bilan imzolaydilar.

Рус
Eng



