Strategiyaning 60-maqsadi doirasida yuqoridagi samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishish quyidagi aniq ijtimoiy-iqtisodiy natijalarni beradi!
🛍Aholi uchun:
Aholi toza ichimlik suvi, kanalizatsiya, yashil hududlar bilan ta‘minlanadi.
Sanitariya va ekologik xavflar kamayadi.
Transport, tibbiyot va ta‘lim xizmatlariga yaqinlik oshadi.
Aholining jismoniy va ruhiy salomatligi yaxshilanadi.
Aholining ipoteka va ijaraga bog‘liq qarz yukini kamaytiradi.
Noqonuniy qurilish va zich yashashni qisqartiradi.
Ijtimoiy tenglikni kuchaytiradi.
Uy-joy stress manbai emas, inson qadri va xavfsizlik kafolatiga aylanadi.
🪣Oilalar uchun:
Nikoh barqarorligi oshadi.
Ajrimlar kamayadi.
Farzand tarbiyasi uchun sog‘lom muhit yaratiladi.
Demografik barqarorlik, sog‘lom va raqobatbardosh avlod shakllanadi.
Ta‘lim va tibbiyotga investitsiya qilish imkonini oshiradi
Oila byudjeti iste‘molga emas, inson kapitaliga xizmat qiladi.
😀Mamlakat taraqqiyoti uchun:
Urbanizatsiya xavf emas, taraqqiyot drayveriga aylanadi.
Investitsion muhit yaxshilanib, ichki va tashqi sarmoyalarni jalb etish imkoniyatlari kengayadi
Barqaror shaharlar shakllanib, rejali urbanizasiya ekologik va ijtimoiy xavflarni kamaytiradi.
Inson kapitali sifat jihatdan o‘sadi.
Shuningdek, inson rivojlanishi indeksi (HDI), jahon raqobatbardoshlik indeksi (Global Competitiveness Index), biznes yuritish qulayligi indeksi (Ease of Doing Business), yashash sifati indeksi (Quality of Life Index)larida mamlakatimiz ko‘rsatkichlari yaxshilanadi.
🛫Xulosa:
60-maqsadni amalga oshirish orqali uy-joy siyosati faqat qurilish masalasi bo‘lib qolmay, inson uchun qulay hayot muhitini yaratish, hududlarni iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan jonlantirish hamda barqaror urbanizatsiya orqali mamlakat taraqqiyotining yangi sifatiga o‘tishga xizmat qiluvchi strategik mexanizmga aylanadi.

Рус
Eng



