11-fevral “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni”
BMT Bosh Assambleyasining 2015-yil 22-dekabrdagi yalpi majlisida 11-fevral “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” etib e‘lon qilindi. Bugungi kunda O‘zbekistonda ham ushbu sana keng nishonlab kelinmoqda.
Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutida hozirda 14 nafar ayol faoliyat olib borsa, ularning 6 nafari ilmiy darajaga ega. Hozirda ular huquq, pedagogika, falsafa,sotsiologiya yonalishlarida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Ilm izlagan ayol.
Ilm – bu nafaqat kitob o‘qish, balki o‘zini anglash, fikrlash doirasini kengaytirish, munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishdir. Ilm izlagan ayol hayotga teran nigoh bilan boqadi, qadrini biladi, baxtni tashqaridan emas, ichidan izlaydi.
Shunday ayolni hech qanday tashqi omillar sindira olmaydi, chunki u o‘z hayotining ustuni – mustahkam tafakkur va ma‘naviyatga ega