O‘quv seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi
Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutida “Rasmiy statistikadan foydalanuvchilar uchun statistika maʼlumotlarining manbalari va ularni tayyorlash usullari hamda rasmiy statistika maʼlumotlarining metamaʼlumotlar to‘g‘risida xabardor qilish” mavzusida o‘quv seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining “Oila psixologiyasi va sotsiologiyasi” bo‘limi katta ilmiy xodimi Ilhamova Zumrad Vahidovna tomonidan institut doktorant va tayanch doktorantlari uchun “Rasmiy statistikadan foydalanuvchilar uchun statistika maʼlumotlarining manbalari va ularni tayyorlash usullari hamda rasmiy statistika maʼlumotlarining metamaʼlumotlar to‘g‘risida xabardor qilish” mavzusidagi o‘quv seminarda quyidagi nazariy va amaliy ko‘nikmalar berildi, jumladan:
Statistika dasturi ijrosi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi “2024-yil uchun Statistika dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 30-son qarori;
Statistika dasturiga muvofiq bajarilgan ishlar natijalariga muvofiq shakllantirilgan ochiq statistika maʼlumotlari, axborotnomalar, to‘plamlar va press-relizlar ko‘rinishidagi hamda ommaviy axborot vositalari, rasmiy veb-saytlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar.
Shuningdek, statistika uslubiyotlari va xalqaro tavsiyalarga muvofiq bo‘lgan statistik kuzatuvlar shakllari to‘g‘risidagi qo‘yidagi maʼlumotlar taqdim etildi:
– foydalanuvchilar ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, moliyaviy, ekologik hamda boshqa dolzarb statistik maʼlumotlarning shakillanishi;
– xalqaro darajada umumqabul qilingan rasmiy statistikaning asosiy tamoyillari asosida sifatli va ishonchli statistik maʼlumotlarning shakllanishi;
– davlat organlari va tashkilotlarga taqdim etiladigan ochiq maʼlumotlar to‘plamlari;
– gender statistikasi ko‘rsatkichlari, uni shakllantirish manbaalari va uslubiyati;
– hududiy statistik ko‘rsatkichlar, uni shakllantirish manbalari va uslubiyati haqida maʼlumotlar bazasidan foydalanish usullari.
Seminar davomida tadqiqot olib borayotgan doktorant va tayanch doktorantlar o‘zlarining ilmiy mavzulari yuzasidan statistik maʼlumotlar bazasiga yuzlanish bo‘yicha malakalarga ega bo‘lishdi.