“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutida o‘quv seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi

03:33 - 12 Fevral Yangiliklar
100

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutida “Dissertatsiya ishining ilmiy-tadqiqot metodologiyasi” mavzusida o‘quv seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

ness image

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutining doktorant, tayanch doktorantlari uchun “Dissertatsiya ishining ilmiy-tadqiqot metodologiyasi” mavzusida o‘quv seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Gender xotin-qizlar va oila huquqi bo‘limi katta ilmiy xodimi, Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD) Hojiyev Rasul Boynazar o‘g‘li tomonidan institut tayanch doktorantlariga “Dissertatsiya ishining ilmiy-tadqiqot metodologiyasi” mavzusida quyidagi nazariy va amaliy ko‘nikmalar berildi.

Ilmiy tadqiqot-yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri.

Asosiy xususiyatlari:

  •  obyektivlik;
  •  ishonchlilik;
  •  Aniqlik.
  •  Ilmiy tadqiqot bir-biri bilan bog‘langan ikki qism – tajriba va nazariyadan iborat.
  • Ilmiy tadqiqotlarning yangi tiplari
  • Fundamental tadqiqotlar
  • Amaliy tadqiqotlar
  • Innovatsion tadqiqotlar
  • Tadqiqotchilik loyiha-konstruktorlik ishlanmalar
  • Yoshlarning amaliy va fundamental tadqiqotlari.

Ilmiy tadqiqotlar mavzusini tanlash va baholashda ilmiy bilish muammoni hal qilish bilan bog‘liqdir. Muammolarning bo‘lmasligi tadqiqotlarning to‘xtab qolishi va fanning bir joyda qotib qolishiga olib kelgan bo‘lar edi. Ilmiy tadqiqot ishlarida quyidagilar farqlanadi: ilmiy yo‘nalish, muammolar va mavzular.

Ilmiy yo‘nalish - fanning muayyan tarmog‘ida yirik, fundamental, nazariy eksperimental masalalarni hal etishga bag‘ishlangan jamoaviy ilmiy tadqiqot sohasi. Ilmiy yo‘nalish quyidagi tuzilmaviy birliklarga bo‘linadi: muammolar, mavzular va masalalar.

Muammo-murakkab ilmiy masala bo‘lib, hal etishni, tadqiq etishni talab qiladi. Mujassamaviy muammolar (yoki problematika) - odatda, bir yo‘nalishdagi murakkab bir qancha masalani o‘z ichiga oluvchi muammolar majmui.

Mavzu- bu ilmiy masala bo‘lib, tadqiqot talab qiluvchi muammolar muayyan sohasini qamrab oladi. U ko‘plab tadqiqiy masalalarga - muammoning aniq bir sohasiga taalluqli ancha mayda ilmiy masalalarga asoslanadi.

  • Mavzuni tanlashda quyidagilarga eʼtibor berilishi kerak:
  • Mavzuni tanlashda biriktirib qo‘yilgan ilmiy rahbar bilan kengashish va bir to‘xtamga kelish.
  • kafedra (bo‘lim)dagi himoya mavzulari bilan tanishish, himoyalangan dissertatsiya katalogini o‘rganish, tahlil qilish.
  • himoya qilingan dissertatsiyalardagi so‘nggi yangiliklar, siz mo‘ljallayotgan mavzuga yaqin ishlar bilan tanishish.
  • zamon talablari asosidagi yangi yo‘nalish, muammolar, mavzular yangicha qarashlarni o‘rganish.
  • o‘z ilmiy mutaxassisligi bo‘yicha adabiyotlar bilan tanishib chiqish, maxsus ilmiy to‘plam, mavsumiy davriy nashrlar, internet saytlar bilan tanishib chiqish.
  • amaliyotchi mutaxassislar bilan suhbatlar o‘tkazish va maslahatlarini olish.
  • Dolzarbligi
  • Aniqligi
  • yangiligi, jamiyat va hayot bilan bog‘liqligi, ayrim mavjud qarama-qarshiliklar yechimiga qaratilishi.
  • qisqa, aniq muammoni olib, uning tizimli yechimini izlash.

Mashg‘ulot doirasida ilmiy maqola yozish tartib-qoidalari hamda IMRAD talabi tushuntirib o‘tildi.

 Fotolavxa

Chop etish