#qaror_ijrosi

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlar faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-401-son qarori 3-ilovasi “Oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarning qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy-siyosiy faolligi va bandligini oshirish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish hamda teng huquqliligini ta‘minlash bo‘yicha “YO‘L XARITASI”ning 30-bandida belgilangan topshirig‘i doirasida bir qator loyihalar bajarildi. Xususan, “Gender indekslar katologi platformasi va mobil ilovasini ishlab chiqish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida “Gender indekslar katologi” platformasi (https://genderindeks.uz) sayti test rejimida ishga tushirildi. “Oila o‘quv platformasi”ni yaratish mavzusidagi ilmiy-tadqiqot loyihasida esa “Oila o‘quv platforma”si (https://oilamalaka.uz) ishga tushirildi. “Oilalarda barqaror ma‘naviy muhitni shakllantirishga xizmat
qiluvchi “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash" veb-portalini
yaratish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot loyihasida “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash” veb-portali (https://oilaqadriyat.uz/) ishga tushirildi. Otalarning oilaviy hayot va farzand tarbiyasidagi o‘rnini ilmiy tadqiq etish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida “Mening oilam” mobil ilovasi ishga tushirildi.