“Mas‘uliyatli ota-onalik” loyihasiga start berildi
Ma‘suliyatli ota-onalik, aslida, qanday mezonlarni o‘z ichiga oladi? Ota-onalar o‘zi nimalarni bilishlari kerak? Oilada ota-onaning asosiy mas‘uliyati nimalardan iborat? Loyihada shu va boshqa ko‘plab savollarga javob topishdan ko‘zlangan asosiy maqsad sog‘lom oilani shakllantirish, tug‘ilishning barqaror ko‘rsatkichlariga erishish, irsiy va nogiron tug‘ilishlarning oldini olish, oila quruvchilarning oilada farzand ko‘rishini ixtiyoriy rejalashtirish bo‘yicha bilim va tushunchalar berishdan iborat. Mazkur loyiha Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan amalga oshirilib, unga soha olimlari va mutaxassislari jalb qilingan.
Bugungi kunda loyiha doirasida mas‘uliyatli ota-onalik mezonlari va darajalari hamda “Baxtli oilaning oltin standarti” ishlab chiqildi. “Mas‘uliyatli ota-onalik” nomli o‘quv qo‘llanma tayyorlandi va 10 000 nusxada nashr etildi. Unda ota-onalarning mas‘uliyatini oshirishga qaratilgan 2 ta ijtimoiy rolik, 1 ta yon kitobcha, 6 ta video dars, 15 ta tarqatma material tayyorlandi.
Bundan tashqari, loyiha doirasida maktabgacha, o‘rta va oliy ta‘lim muassasalari, tashkilot va korxonalarida o‘quvlar tashkil etilishi hamda unga 9,3 mln nafar tug‘ish yoshidagi xotin-qizlar o‘rtasida targ‘ibotlar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Aholiga qulaylik yaratish maqsadida “Mas‘uliyatli ota-onalik” elektron platformasi va mobil ilovasi yaratilib, unda mas‘uliyatli ota-onalik dasturidagi mavzular bo‘yicha videodarslar, taqdimotlar, videorolik va podkastlar joylashtirib boriladi.