“O‘zbekistonda gender tengligini taʼminlashning dolzarb masalalari: joriy holat va istiqboldagi vazifalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

12:14 - 21 Oktabr Yangiliklar
433

“O‘zbekistonda gender tengligini taʼminlashning dolzarb masalalari: joriy holat va istiqboldagi vazifalar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

AXBOROT XATI

2024-yil 26-noyabr

ness image

“O‘zbekistonda gender tengligini taʼminlashning dolzarb masalalari: joriy holat va istiqboldagi vazifalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishida ishtirok etishga taklif etadi.

 

Tashkilotchilar: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti.


Konferensiyaning maqsadi – O‘zbekiston Respublikasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risida"gi Konvensiyasi qabul qilinganligining 45 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, shuningdek, ayollar huquqlari va gender tengligini taʼminlashning dolzarb masalalarini muhokama qilish, bu borada ilmiy soha vakillari, amaliyotchi va ekspertlarning fikrlarini o‘rganish, ayollar huquqlari va gender tengligini taʼminlash yo‘nalishida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini joriy etish va shu bilan birga ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar yaratish, aholi o‘rtasida gender qadriyatlarini targ‘ib qilish, bu boradagi ilg‘or xorijiy tajriba almashish, ularning natijalari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.


Konferensiyani o‘tkazish shakli: onlayn va offlayn.

Konferensiyaning yo‘nalishlari:

1-shoʻba. Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlashning ustuvor yo‘nalishlari hamda mavjud muammolar.

2-shoʻba. Gender stereotiplar, tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish masalalari.

3-shoʻba. Gender tamoyillarini joriy etish istiqbollari.

 

Konferensiya yakunlari bo‘yicha ayollar huquqlarini taʼminlash, jamiyatda ayollarga teng huquq va imkoniyatlar yaratish bilan bog‘liq dolzarb xalqaro muammolarni tahlil qilish asosida takliflar, maʼruzalar (maʼruzalar) va tezislar qabul qilinadi.

Konferensiyada qatnashish uchun: inson huquqlarini, shu jumladan, ayollar huquqlari taʼminlanishini amalga oshiruvchi xalqaro va milliy darajadagi tashkilotlar vakillari, ayollar huquqlari va gender tengligi taʼminlanishi sohasida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, xorijiy ekspertlar, tadqiqotchilar, doktorantlar, amaliyotchilar taklif etiladi.

Konferensiyaning ishchi tillari: o‘zbek, rus va ingliz tillari.

Konferensiya yakunlari bo‘yicha konferensiya materiallari to‘plamini nashr etish rejalashtirilgan. To‘plamning elektron varianti Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti saytiga joylashtiriladi.

To‘plamda eʼlon qilish uchun maqola matni saydivalievahurshida@gmail.com elektron manziliga muallifning familiyasi ko‘rsatilgan holda yuborilishini so‘raymiz.

 

MAQOLALARNI YUBORISH BO‘YICHA TALABLAR

Matn hajmi — kamida 5 betdan 7 betgacha, A4 hajmda, matn shakli Microsoft Word, yozuv shrifti - Times New Roman, harflar hajmi 14 kegl, satrlar oralig‘i 1,5 intervalda. Yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 1,5 sm, o‘ngdan 1,5 sm;

Yuqoridan bosh harflar bilan maqola mavzusi yoziladi, bir intervaldan so‘ng muallifning familiyasi, ism-sharifi, ish joyi (oliy o‘quv yurti, ilmiy tadqiqot muassasasi) nomi va lavozimi, shuningdek bog‘lanish uchun telefon raqami yoziladi, bir intervaldan so‘ng matn keltiriladi;

Tezisni tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar har bir sahifa ostida havola (snoska) tarzida beriladi.

Internet-resurslardan (Google Tarjimon va boshqalar) foydalanilgan izohlarning tarjimalari lingvistik va semantik jihatdan to‘g‘riligi tahrir qilinishi kerak.

Barcha taqdim etilgan materiallar antiplagiat dasturi yordamida sinovdan o‘tkaziladi (originallik — 70% dan kam emas).

Tezislarning mazmuni konferensiyada muhokama qilingan masalalarni aks ettirishi kerak. Tezis oxirida amaliy tavsiyalar berilishi kerak.

Maqola va tezislarning mazmun-mohiyati, maʼlumotlarning aniqligi uchun mualliflar shaxsan javobgar hisoblanadi.

Talablarga javob bermaydigan maqolalar to‘plamga kiritilmaydi.

Maqolalarni qabul qilish muddati: 2024-yil 10-noyabr.

Manzil: Toshkent shahar, Mustaqillik shoh ko‘chasi 54, (pochta indeksi 100077).

Chop etish