Imkoniyati cheklangan insonlar protez moslamalarini navbatlarsiz qo‘lga kirita olish imkoniyatiga egaligini bilarmidingiz?

07:38 - 21 Oktabr Yangiliklar
142
ness image

Imkoniyatlari cheklangan hamyurtlarimiz uchun yana-da ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida turli yangiliklar joriy qilib kelinmoqda. Ushbu qulayliklardan yana biri – protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarini elektron shaklda olish imkoniyati.

Avvalari bu kabi moslamalarga ehtiyoj sezgan ko‘plab fuqarolar qayerga murojaat qilishni, ular kim tomonidan berilishi haqida maʼlumotga ega emas edi. Bundan buyon ularga “Inson” markazlari va mahallalardagi ijtimoiy xizmat xodimi orqali murojaat qilish mexanizmi yaratildi va yo‘lga qo‘yildi.

Yaratitilgan imkoniyatlar, shuningdek, protezlar bilan taʼminlash muddati 67 kundan 17 kunga, reabilitatsiya vositalari taʼminoti esa 52 kundan 11 kunga qisqaribdi. Bu mahsulotlarning davlat tomonidan qoplanadigan miqdori o‘rtacha uch baravargacha, ayrim vositalarning turlari esa o‘n baravargacha miqdorda oshirilibdi. 

Chop etish