Malaka oshirish kurslari davom etmoqda
Oila va gender ilmiy taqqiqot instituti ilmiy xodimi Bo‘riyeva Mahbuba Shavkatovna bugungi kunda Mahalla xotin-qizlar faollarining ish faoliyati davomida kelib tushayotgan eng ko‘p murojaatlar – oiladagi nizolar bilan bog‘liq muammolar yuzasidan mashg‘ulotlar olib borildi. Mashg‘ulot davomida mazkur masalalar hamda u bilan bog‘liq omillar yuzasidan nizoli oilalar, oilaviy nizolar va ularning turlari, nizoli vaziyatlar, oilaviy ajrashishlarga sabab bo‘luvchi omilar hamda ajrashish yoqasidagi oilalar bilan ishlash bo‘yicha nazariy bilimlar berildi. Mashg‘ulotda tinglovchilarga nizoli va ajrashish yoqasiga kelib qolgan oilalarning psixologik muhitini sog‘lomlashtirish mavzusida treninglar o‘tkazildi. Treningda er-xotin o‘rtasidagi nizolar, qaynona-kelin o‘rtasidagi nizolar, qaynona-kuyov o‘rtasidagi nizolar, ovsinlar o‘rtasidagi nizolar, ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi nizolar bo‘yicha psixologik xizmat turlari bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.