Malaka oshirish kurslari davom etmoqda 

09:57 - 18 Oktabr Yangiliklar
126
ness image

Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining katta ilmiy xodimi, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Alimov Sardor “Oila va xotin-qizlar muammolarini bartaraf etishda hamkorlik mexanizmlari” mavzusida ma‘ruza qildi. Mashg‘ulotda tinglovchilar oila va xotin-qizlar tizimida hamkorlik, oila va xotin-qizlar tizimida hamkor tashkilotlar, ya‘ni mahalliy hokimiyat, ichki ishlar, bandlik hamda adliya organlari, ta‘lim va tibbiyot muassasalari, diniy tashkilotlar va boshqa hamkor tashkilotlar bilan ish olib borish masalalari xususida nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda, oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashda jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini samarali tashkil etish mexanizmlari, “Oqila ayollar” harakati bilan hamkorlik yo‘nalishlari, “Ayollar maslahat kengashlari”ning vazifalari va ularning imkoniyatlaridan foydalanish, “Ota-onalar universitetlari”ning faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha malakalarga ega bo‘ldilar.

Chop etish