Toshkent shahrida mahalla xotin-qizlar faollari uchun malaka oshirish kurslari davom etmoqda
Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Abduramanov Xamid Xudoybergenovich O‘zbekistonda bugungi kunda sog‘lom turmush tarzini ta‘minlashga oid davlat siyosati, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, zarararli odatlarga qarshi kurashish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, sog‘lom ovqatlanish tamoyilllari, jismoniy faollik asoslari, shaxsiy gigiyenaning ahamiyati hamda oilaviy ajrimlarning yuzaga kelishining pedagogik-psixologik sabablari, ajrashish tashabbuskori, ajrashishlarning oldini olishga qaratilgan metodlar, ajrashish yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan individual ishlash mexanizmi, oilalarni asrab qolishning ilmiy, pedagogik va psixologik usullari hamda ajrashish yoqasidagi oilalarning farzandlari bilan ishlash tartibi, oilalardagi nizo sabablarini diagnostika qilish, er va xotinning ongida ajrashishga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish, oilaviy ajrashishlarni hal qilishda hamkor tashkilotlar bilan ishlash mexanizmlari kabi mavzularda maruza qildi.
Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti bo‘limi boshlig‘i, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori – Bobur Xonturayev mahalla xotin-qizlar faollari va boshqa mutasaddilar uchun “Kasbiy ko‘nikmalar va kreativlik masalalari” mavzusi bo‘yicha batafsil maruza qildi. Mashg‘ulotda mahalla xotin-qizlar faolining kasbiy faoliyatiga bugungi kunda qo‘yiladigan zamonaviy talablar va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish omillari hamda ularning kreativlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berib o‘tildi.
Mahalla xotin-qizlar faollarining malaka oshirish kurslari davomida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti bo‘limi boshlig‘i, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim Xurshida Saydivaliyeva “Ayollar jinoyatchiligi va uning profilaktikasi” mavzusida maruza qildi. Mashg‘ulot davomida O‘zbekistonda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlarni reablitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga keltirish va ularga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish chora-tadbirlarini amalga oshirish va jazoni ijro etish muassasasidan qaytgan ayollarning oilaviy hayotga qaytishiga yordamlashish xususida psixologiya xizmatlarini yo‘lga qo‘yish kabi masalalarda nazariy va amaliy bilimlar berib borildi. Bundan tashqari, jinoyatchi ayollarni hayotga moslashtirish borasidagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.