Farg‘onada xalqaro konferensiya tashkil etildi
Farg‘ona davlat universiteti qoshidagi "Gender tengligi tadqiqotlar markazi"da Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Gender komissiyasi hamda viloyat Oqila ayollar harakati hamkorligida "Markaziy Osiyo davlatlari oliy ta‘lim muassasalarida xotin-qizlar kreativligini rivojlantirishning gender omillari” mavzusida xalqaro oflayn va onlayn konferensiya tashkil etildi. Konferensiyada “Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkentdagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Farg‘ona va Namangan davlat universitetlari olimlari, tadqiqotchilari shuningdek, rossiyalik, hindistonlik olima va talabalar o‘ndan ortiq ma‘ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Konferensiyada Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti direktor o‘rinbosari, respublika “Oqila ayollar” harakati yetakchisi, pedagogika fanlari doktori, professor Oynisa Musurmonova, institutning bo‘lim mudiri, pedagogika fanlari nomzodi dotsent Farida Abdurahimovalar ishtirok etdi. Ular tomonidan taqdim etilgan tahlillarga boy ma‘ruzalar, dolzarbligi, hayotiyligi bilan anjuman qatnashchilarining e‘tiborini tortdi. Ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalarga binoan Markaziy Osiyo oliy ta‘lim muassasalarida, xususan, mamlakatimizda ayollar, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida gender tenglik kreativligini rivojlantirish borasida ilgari surilgan g‘oyalarni “Oqila ayollar” harakatining mahalla, tuman-shaharlardagi vakillari orqali xotin-qizlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish yuzasidan takliflar bildirildi. Ularga tayangan holda barcha mintaqa OTM lari uchun foydali tavsiyalar ishlab chiqish taklifi ma‘qullandi.