Navbatdagi “Kitoblar karvoni” Farg‘ona viloyatida

03:40 - 19 Sentabr Yangiliklar
241

2024-yilning o‘tgan davri mobaynida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan uslubiy materiallar tayyorlanib, nashr qilib kelinmoqda. Shu kunga qadar Toshkent, Samarqand va Xorazm viloyatlariga “Kitoblar karvoni” tashkil qilingan. Navbatdagi “Kitoblar karvoni” Farg‘ona viloyatiga yuborilib, mahalla xotin-qizlar faollariga 8 nomdagi jami 7 500 nusxadan ortiq uslubiy materiallar yetkazib berildi.

ness image

Ushbu uslubiy qo‘llanma va materiallar oilada er-xotin munosabatlari, erta turmush, qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh, ayollar mehnat migratsiyasi va kiberzo‘ravonlik kabi dolzarb masalalar keng yoritilgan bo‘lib, mahalla xotin-qizlar faollarining mehnat faoliyatida uslubiy jihatdan yordam beradi.

Chop etish